Hayvonlarni muhofaza qilish. Odamlar qadimdan yovvoyi hayvonlarni ovlashgan; ularning go'shti. terisi va boshqa mahsulotlaridan foydalanishgan; hayvonlarni qo'lga o'rgatishgan; ulardan uy qo'riqchisi va ishchi kuchi sifatida foydalanishgan. Keyinchalik aholi sonining ortib borishi. ov qurollarining tobora takomillashuvi hayvonlar uchun zarur bo'lgan tabiiy sharoitning buzilishi ta'sirida Yevropa turi (qoramollar nasi boshi). tarpan (otlar nasi boshi). Stellerov sigiri (dengiz hayvoni) yo'q bo'lib ketdi; Prjevalskiy oti, zubr, bizon. jayron, hongul kabi hayvonlar uchun qirilib ketish xavfi tug'ildi. Bu hoi hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilishni talab etadi.
Yer yuzida hayvonot dunyosining evolutsiyasi. Yer yuzida 2 mln ga yaqin hayvonlar yashaydi. Ular orasida ko'k kit yoki filga o'xshash juda yirik va murakkab tuzilganlari bilan bir qatorda mikroskopik kattalikdagi sodda tuzilgan turlari bor. Hayvonlar tasodifan birdaniga paydo bo'lib qolgan emas. balki uzoq vaqt davomida. asta-sekin paydo bo'lgan. Hayvonot dunyosining uzoq tarixiy davr davomida o'zgarib, uning turlari sonining ortib borishi evolutsiya deyiladi.
Evolutsiyaning paleontologik dalillari.Ko'p ming yillar davomida odamlar barcha hayvonlarning birdaniga to'satdan yaratilganligi va ularning o'zgarmasligi to'g'risida tasavvurga ega bo'lishgan. Faqat XIX asrga kelib qadimgi hayvonlarning toshga aylangan suyaklari va toshdagi izlari topila boshlagandan so'ng qadimgi davrda Yer yuzida hozirgi turlarga o'xshamagan hayvonlar yashaganligi ma'lum boidi.Qadimgi hayvonlar qoldig'ini o'rganuvchi paleontologiya (yunoncha «paleo» - «qadimgi») fani Yer yuzida hayvonlar tobora o'zgarib, murakkablashib borganligi, qadimda hozirgiga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan organizmlar yashaganligi to'g'risida juda ko'p dalillarga ega. Hozirgi hayvonlar bilan qadimgi hayvonlarning qarindosh ekanligiga «oraliq formalar» deb ataladigan hayvonlarning qazilma qoldiqlarining topilishi ham dalil bo'iadi. Oraliq formalar tuban va yuksak tuzilgan hayvonlarning belgilariga ega bo'iadi. Masalan, yirtqich tishli kaltakesaklar sudralib yuruvchilar bilan sutemizuvchilar, archeopterisa esa sudralib yuruvchilar bilan qushlar o'rtasidagi oraliq formalar hisoblanadi.