Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə34/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
BT GO`M 22

Jalb qiluvchi savollar

  1. «Biosfera» tushunchasi nimani anglatadi?

  2. Biosferaning mohiyati nimada va strukturasi nimalardan iborat?

  3. V.I.Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’limoti.

  4. Biosfera qanday qatlamlardan tashkil topgan? Ularga ta’rif bering.

  5. Darvin va Vernadskiy ta’limoti o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

  6. Biosferaning rivojlanish jarayoni qanday kechadi?

  7. Fotosintezlanuvchi avtotroflar haqida nimalarni bilasiz?



Mustaqil ish uchun topshiriqlar

  1. Noosfera ta’limotining bosh mezoni nima?

  2. Biosfera va insoniyat o‘rtasidagi munosabatlar qanday oqibatlarni keltirib chiqardi?



10-Mavzu: Hayvonot olamining xilma-xilligi


REJA

  1. Zoologiya - hayvonlarni o'rganadigan soha.

  2. Zoologiya - eng qadimiy fan.

  3. Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti.

  4. Hayvonlarning ahamiyati.



Zoologiya - hayvonlarni o'rganadigan soha.
Zoologiya (zoon - hayvon, logos fan) - hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, ko'payishi va rivojlanishini o'rganadigan fan. Hayvonlarning xilma-xilligi va tarqalishi, tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, kelib chiqishini o'rganish zoologiyaning vazifasiga kiradi. Zoologiya bir qancha fanlardan tarkib topgan. Ulardan bir guruhi hayvonlarning tuzilishi, ko'payishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishini, boshqalari - ularning alohida guruhlarini o'rganadi. Masalan, anatomiya hayvonlarning tuzilishini, entomologiya hasharotlarni tekshiradi.
Zoologiya - eng qadimiy fan. Zoologiyaga oid eng qadimgi asarlarni eramizdan 4 asr oldin buyuk yunon olimi Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvon turiga tavsif berilgan. 16-17-asrlarda yashagan golland olimi Anton Levenguk mikroskopda ko'rinadigan hayvonlarni kashf etgan. Shved olimi Karl Linney 18-asrda hayvonlarni tur, urug', turkum va sinflarga ajratib o'rganishni taklif etgan. Ingliz olimi Ch. Darvin 19-asr o'rtalarida hayvonlarni o'rganish orqali o'zining olamshumul evolutsion ta'limotini yaratdi. 19-asrda hayvonlarning embrional rivojlanishi va qazilma qoldiqlarini o'rganish natijasida bir qancha kashfiyotlar qilindi. Hozirgi davrda zoologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar tibbiyot, qishloq xo'jaligi, chorvachilik va xalq xo'jaligining boshqa sohalari bilan bog'liq.
Zoologiyaning rivojlanishiga o'zbekistonlik olimlar ham katta hissa qo'shishgan. D.N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o'rganishni boshlab berdi. L.M. Isayev va P.F. Borovskiy olib borgan tadqiqotlar O'rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi xavfli parazit hayvonlarning tugatilishi uchun asos bo'ldi. T.Z. Zohidov, O.P. Bogdanov va boshqa olimlar umurtqali hayvonlarni; A.M. Muhammadiyev, V.V. Yaxontov, A.T. Toiaganov, JA. Azimov, M.A. Sultonov, S.N. Alimuhamedov umurtqasiz hayvonlarni o'rganishgan.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin