Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə33/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
BT GO`M 22

Shoyigul. Bo‘yi 0,5 m dan 1,5 m gacha boradigan ildizpoyali ko‘p yillik o‘t o‘simlik.Uning gul va barglari manzarali. Barglari ancha yirik, yashil, qizil, sariq-qizg‘ish va to‘q binafsha ranglarda.Gullari xam yirik, o‘ziga xos tuzilishli, qizil, pushti, sariq, oq,chipor ranglarda bo‘ladi. Shoyigul ildizpoyalarini bo‘laklarga ajratish yo‘li bilan va urug‘idan. ko‘paytiriladi., Buning uchun kech kuzda ildizpoyalar kovlab olinadi.Yer usti qismi esa poyaning asosidan 15-20 sm qoldirib kesib tashlanadi.Ildizpoyalar avval quritilibso‘ng quruq qumga ko‘mib qo‘yiladi.Fevral oyida ildizpoyalari qumdan ajratib yana quritiladi.Quritilgan ildizpoyalardan bo‘lakchalar tayyorlanadi.Ular issiqxona va orenjereyalarda yashiklarga solib o‘stiriladi.O‘simlik 2-3 ta yaxshi rivojlangan burglar xosil qilganda ochiq joyga olib chiqilib o‘tqaziladi. Ulardan har xil tipdagi gulzorlar tashkil etishda foydalaniladi.
Kartoshkagul. Murakkabguldoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 50-200 sm ga boradigan ko‘p yillik, manzarali o‘simlik.Poya mo‘rt. Barglari toq patsimon, besh bargchali. Gullari savatchaga yig‘ilgan. Savatcha chetidagi gullar tilsimon, o‘rtasidagilar naysimon ko‘rinishda. Kartoshkagulning yer ustki qismi — poyalari, barglari, gullari har yili kuzga borib qurib qoladi. Yer ostida esa ko‘p yillik tugunaklari (kartoshkalari) hosil bo‘ladi. Bir tup o‘simlikda 5—10 tagacha urchuqsimon tugunak yetiladi. Hozirgi vaqtda kartoshkagulning 300 dan ortiq navi mavjud. Ulardan O‘zbekistonda xrizantemasimon kartoshkagul Red, Bal, Foz, Snejniy Dojd, Ozirps, Fakel kabi navlari o‘stiriladi. Kartoshkagul asosan tugunagi (kartoshkasi), qisman urug‘i yordamida ko‘paytiriladi. Tugunaklar kuzda kovlab olinadi va past haroratli ( + 1, +5° li) maxsus xonalarda bahorgacha qumga yoki qipiqqa ko‘mib saqlanadi. Bahorda tuproq harorati 12—15°S ga yetganda yer 30—35 sm chuqurlikda chopiladi va to‘gunaklar 5—8 sm chuqurlikda ekiladi. Buning uchun una boshlagan kartoshkagul tugunaklari bir necha bo‘laklarga ajratiladi va bittadan ekiladi.Parvarish qilish davomida 15-20 marta sug’oriladi va 2-3 marta o‘g’itlanadi.
Gladiolus.Gladiolus (ilongul) tugunakpiyozli ko‘p yillik manazari o‘simlik. Poyasi tik o‘sadi,bo‘yi 40-200 sm ga yetadi.barglari qilichsimon,poyada ikki qator bo‘lib joylashadi. Gladiolus ham asosan tugunakpiyozlari yordamida ochiq yerda o‘stiriladi. Gladiolusning tugunakpiyozlari ekilgandan keyin 70-80 kun deganda gullaydi va shu davr ichida bir nechta yosh tugunakpiyozchalar xosil qiladi.Har bir tugunakpiyozdagi kurtaklardan nayzasimon burglar o‘sib chiqadi. Gladiolus navlari, o‘stirish usuli sharoitiga qarab bitta tugunakpiyozdan 10 dan 100 tagacha yosh tugunakpiyozchalar hosil bo‘ladi. O‘zbekistonda ko‘p o‘stiriladigan navlardan «Oskar», «Rubin», «Anna», «Laurensiya» kabilarni ko‘rsatish mumkin. Respublikamiz sharoitida gladiolusni parvarish qilish mart—aprel oylaridan boshlanadi. Parvarish davrida ular talabiga ko‘ra sug‘oriladi, chopiq qilinadi va o‘g‘itlab turiladi. Ochiq havoda o‘stirilgan gladiolusning tugunakpiyozlari sovuq tushmasdanoq qazib olinadi. Qazib olingan tugunakpiyozlar darhol kesiladi va 1—2 qavat qilib peshtaxtalarga terib qo‘yiladi va harorati +9°S dan oshmaydigan joyda saqlana



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin