4. 2018 yil 1 apreldan quyidagi funksiyalar: O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarishga ruxsat berish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga;
rejimli mudofaa ob’ektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida ma’lumotnoma berish — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga o‘tkazilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF–5308-son “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda qonun loyihasini qayta ishlash tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xizmat bilan birgalikda bir oy muddatda 2018 — 2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari uchun arzon uy-joylarni qurish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Xizmat ikki oy muddatda: Xizmat faoliyatini tashkil etish; Xizmatning ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash tizimining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin.