Qarshi davlat universiteti ingliz filologiyasi fakultetlararo ingliz tili


- Hayotda sodir bo’ladigan voqea-hodisalarda maslahat berish uchun yozish



Yüklə 53,11 Mb.
səhifə25/74
tarix20.09.2023
ölçüsü53,11 Mb.
#145637
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
1-KURS MAJMUA 2023-2024. 60 soat

- Hayotda sodir bo’ladigan voqea-hodisalarda maslahat berish uchun yozish


O‘qish va o‘qitishga yondashuv:
- topshiriqlarga asoslangan amaliy ish; turli matnlar tahlili (gazeta, jurnal maqolalari) matnlarni o‘rganilayotgan chet tili va ona tilida parallel, qiyoslagan holda tahlil qilish;
- darsdan tashqari yozma vazifalar;
Yozma nutq jarayoni quyidagicha tashkil etiladi:
• Yozma nutq uchun tayyorgarlik mashqlari;
• Dastlabki (xomaki);
• O‘zaro qayta ko‘rib chiqish;
• O‘z-o‘zini baholash.
3-Modul. Kommunikativ grammatika va leksika talabalarning til modellari va strukturalari xaqidagi bilimlarini oshirish bilan birga o‘rganilayotgan til grammatikasini muloqotda to‘g‘ri qo‘llashni, muloqot jarayonida grammatik formalarni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatish orqali lingvistik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan.
Barcha mavzular kommunikativ yondashuvni qo‘llash orqali taqdim etilishi muhim ahamiyatga ega. Kurs davomida talabalar quyidagi mavzularni o‘zlashtiradilar:
- Artikllar va aniqlovchilar;
- Ot (qo‘shma otlar, sanoqli/sanoqsiz otlar);
- Olmoshlar va sonlar
- Fe’l (m.n.: fe’l zamonlari, fe’l mayllari, nisbatlari, modal fe’llar, fe’lli birikmalar, h.k.)
- Sifat (qiyosiy daraja, orttirma daraja)
- Ravish (ravish yasalishi)
- Bog‘lovchilarning turlari va kontekstda qo‘llanilishi.
- O‘zlashtirma gaplar, faraz ma’nosini ifodalash
- Grammatik formalar/funksiyalar
- So‘roq so‘zlar, savol/javob va inkor
- O‘zlashtirma gaplar.
- Predloglar.
Kommunikativ leksika modulining maqsadi talabalarning lug‘at boyligini oshirish va lug‘at boyligini boyitib borishningmaqbul usullaridan foydalanishni o‘rgatish xamda o‘rganilayotgan chet tili leksikasining muloqotdagi xususiyatlarini farqlash va muloqotda qo‘llay olish qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Barcha mavzular kommunikativ yondashuvni qo‘llash orqali taqdim etilishi muhim ahamiyatga ega.
- Sinonimlar, antonimlar, omonimlar;- So‘z oilalari (mas., hayvonot olamiga oid so‘zlar);
- Turg‘un birikmalar;
- So‘z yasalishi xususiyatlari;
- Qisqartmalar;
- Frazeologik birliklar. So‘z birikmalari;
- So‘z yasalishining o‘ziga xos xususiyatlari;
- Qisqartma so‘zlar;
- Lug‘at bilan ishlay olish (bir va ikki tilli, kitob/ elektron/ onlayn lug‘atlar);
- Notanish so‘zlarni kontekstdagi ma’nosiga ko‘ra taxminan aniqlay olish.
Dastur talabalar uchun belgilab berilgan B1 (DTS) darajani egallashga qaratilgan. Ushbu darajaga erishish talabalarda ilmiy va sohaviy faoliyatda yuzaga keladigan til bilan bog’liq vaziyatlarda erkin muloqotga kirishishlarini va vaziyatni samarali hal qilishlarini ta‘minlaydi. Fan dasturi til kafedralari tomonidan ishchi dasturlar, o’quv-uslubiy majmualar, o’quv qo’llanmalar va darsliklar yaratilishiga asos bo’ladi. Ishchi dasturlar asosida pedagog xodimlar o’zlarining kalendar rejalarini ishlab chiqadilar. Amaliy mashg’ulotlarni tashkillashtirishda dasturlarda belgilangan mavzular asosida talabalarning ilmiy va sohaviy ehtiyojlaridan kelib chiqib kengaytirilgan vazifalar belgilab olinadi va ular yuzasidan talabalarga belgilangan vazifani o’zlashtirishga qaratilgan amaliy mashg’ulotlar rejasi tuziladi. Nutqiy kompetensiyaning tinglab tushunish, gapirish, o’qib tushunish, hamda yozish ko’nikma va malakalari darslarda integratsiyalashgan ravishda olib boriladi va olgan bilim va ko‘nikmalarini matnlar o’qish, tinglash, yozish va testlar ishlash bilan mustahkamlaydilar, hamda yanada boyitadilar. Bunga jamoa bilan mashq qilish va mustaqil ishlash yo‘li bilan erishiladi. Mavzuning mohiyati va mutaxassislik xususiyatlaridan kelib chiqib, u yoki bu ko’nikma va malaka darslarda asosiy deb olinadi.
Talabalarni baholash OTMda belgilangan tartib asosida, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar vositasida amalga oshiriladi.





Yüklə 53,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin