Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti inson resurslarini boshqarish kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/13
tarix20.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#165302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amaliyot hisoboti1

Innovatsion g'oyalarni qo'llash. AT «Agrobank» doimo har bir mijozga jahon miqyosidagi bank ishi va innovatsion g'oyalarning eng zamonaviy yutuqlariga asoslangan bank mahsulotlari va xizmatlarining majmuasini taqdim qilishga intiladi.

  • Xalqaro hamkorlik. AT «Agrobank» mamlakatimiz korxonalariga chet el investorlarini jalb qilish va xorijiy hamkorlarga O'zbekistonda o'zlarining biznes faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zamonaviy g'oyalarni taklif etadi.

  • Samaradorlik. Har bir operatsiyani amalga oshirishda AT «Agrobank» qisqa vaqt ichida mehnat va moliyaviy resurslardan eng maqbul ravishda foydalangan holda eng yuqori natijalarga erishishni ko'zda tutadi.

    Bank o'z biznesini quyidagi tamoyillarga tayangan holda amalga oshiradi:

    • Shaffoflik. Bank doimo faoliyatida sodir bo'layotgan muhim voqealar to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi, chunki axborotlarning shaffofligi – mijozlar va hamkorlarning bankka bo'lgan yuqori darajadagi ishonchi uchun asos va poydevordir.

    • O'zaro ishonch. Bank o'z mijozlarini biznesni rivojlantirishning asosi deb hisoblagan holda ularning bankka bo'lgan ishonchini qadrlaydi hamda munosabatlarni o'zaro manfaatli sharoitlarda mustahkamlaydi.

    • Professionallik. Professionallar jamoasini shakllantirgan holda bank o'z hodimlarining malakasini muntazam oshirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratadi,ularning ijtimoiy himoyasi hamda motivatsiyasi haqida qayg'uradi.

    • Novatorlik. Bank mijozlarining talablariga to'liq javob berish uchun o'tgan davr tajribasi va bugungi kunning innovatsion echimlarini birlashtiradi.





    Asosiy qism
    1. Tijоrаt bаnkning pаssiv vа аktivlаrini tаrkibi jihаtdаn tаhlili, bаnk risklаri vа bаnkning krеdit pоrtfеli
    O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining rivojlanishida banklar alohida o‘rin egallaydi. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, “Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuyini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
    – yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
    – to‘lovlarni amalga oshirish”.
    Banklar o‘z faoliyatida ko‘plab operatsiyalarni bajaradi. Ularga yuridik va jismoniy shaxslarning, banklarning hisobvaraqlarini ochish, yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘tkazish, omonatlar jalb etish, kreditlar berish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish va sotish, moliyaviy lizing xizmatini ko‘rsatish, kassa operatsiyalarini bajarish, chet el valutasini sotish va xarid qilish, pul mablag‘lari, hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish va bir qator boshqa operatsiyalarni kiritish mumkin. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari milliy iqtisodiyotimizning turli tarmoqlariga qarashli korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobi asoslari bilan deyarli o‘xshash. Ular O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunida o‘z ifodasini topgan. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi: a) xo‘jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni dastlabki hujjatlarda aks ettirish; b) xo‘jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash; v) barcha operatsiyalarni ikkiyoqlama yozuv asosida guruhlash, bunda yozuvlarni hisobvaraqlar rejasidagi hisob raqamlari asosida olib borish; g) hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma’lum sanaga bank xo‘jalik faoliyatiga tavsif berish, ya’ni bank balansini tuzish. Banklarda buxgalteriya ishini tashkil etish asoslari korxonalar buxgalteriya hisobiga o‘xshash bo‘lsada, ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Shu sababli banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda quyidagi huquqiy va me’yoriy hujjatlar asos qilib olinadi:
    1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni.
    2. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
    3. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.
    4. “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me’yoriy hujjatlari.
    Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish qoidalari “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan yo‘riqnomada batafsil yoritilgan. Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 11-iyulda 1834-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Banklarda buxgalteriya hisobi oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan bo‘lib, ularni quyida sanab chiqamiz. Bank buxgalteriya hisobining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
    – hisob-kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko‘rsatish;
    hisob-kitob, kassa, valuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish;
    – bajarilgan operatsiyalar buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida hamda aniq aks ettirilishini ta’minlash;
    – bankdan chiqadigan hujjatlarni tegishlicha rasmiylashtirish va buning natijasida bu hujjat borgan joyda ulardan foydalanishni yengillashtirish,
    shuningdek, boshqa banklarda ana shu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilayotganda hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlar hisobvaraqlarining hisobi yuritilayotganda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish;
    – bankda turgan pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobi yuritiladigan blankalar kam chiqish yoki ortiqcha sarflab yuborilishining oldini olish;
    – operatsiyalar bajarilayotganda bank mansabdor shaxslari qonunga zid xatti-harakatlar qilgan, boyliklar va hujjatlar yo‘qotib qo‘yilgan hollarda ular javobgarligini hujjatlar bilan asoslash;
    – zamonaviy komputer texnikasi vositalaridan keng foydalanish asosida bank operatsiyalarini bajarish uchun mehnat va mablag‘ sarfini kamaytirish, ular hisobini yuritish, hisobotlar tuzish va hokazo.
    Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular o‘rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo‘llaniladigan hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish kerak bo‘ladi.
    Shu bilan birga, bank faoliyatiga taalluqli qarorlarni to‘g‘ri qabul qilinishi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisob ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘z vaqtida olinmagan yoki noto‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma’lumotlari noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishiga, natijada banklarning zarar ko‘rishiga, ba’zi hollarda esa bankrotlik holatiga kelishga ham sabab bo‘lishi mumkin.
    Banklarda bajariladigan barcha operatsiyalarning buxgalteriya hisobini olib borish bankning hisob-operatsion bo‘limiga yuklatilgan. Hisob-operatsion bo‘limi bank faoliyatining ko‘lami va yo‘nalishi, mijozlar soni hamda boshqa ko‘rsatkichlarga qarab bir qancha guruhlardan iborat bo‘ladi. Bu guruhlarda ish yurituvchilarni mas’ul ijrochi deb ataladi. Har bir mas’ul ijrochiga bir nechta mijozlar bo‘lib berilib, ular o‘z mijozlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarning hisob-kitob, kassa, valuta va kredit va boshqa operatsiyalari bo‘yicha hisob ishlarini olib boradilar, ularga xizmat ko‘rsatadilar. Bu guruhlar hisob guruhi deyiladi. Bundan tashqari, hisob-operatsion bo‘limda banklararo hisob-kitoblar bo‘limi, davlat budjetini kassaviy ijrosi bo‘limi, bank ichki operatsiyalarini tashkil etish bo‘limi ham mavjud bo‘ladi. Bu bo‘limlarda ishlovchi buxgalterlar soni ham mazkur bo‘limda bajariladigan operatsiyalar ko‘lami bilan belgilanadi.
    Banklararo hisob-kitoblar bo‘limining vazifasi mas’ul ijrochilardan boshqa banklarga tegishli bo‘lib, o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hujjatlarni qabul qilish, ularni banklar bo‘yicha saralash, hujjatlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini filiallararo aylanmalar bo‘yicha nazorat qilish va boshqa bankka hujjatlarni elektron pochta orqali jo‘natishdan iborat. Lekin hozirgi kunda deyarli barcha tijorat banklarida hisob-kitob hujjatlari mas’ul ijrochidan so‘ng bosh buxgalter tekshiruvidan o‘tkaziladi va elektron axborot bankining hisoblash markaziga uzatiladi. Bu yerda elektron to‘lovni boshqa banklarga o‘tkazish ishlari bajariladi
    Davlat budjetining kassaviy ijrosi bo‘yicha bo‘lim buxgalterlari davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bo‘yicha operatsiyalarni tashkil etadi, bu operatsiyalar hisobini olib boradilar, davlat budjeti xarajatlarining to‘g‘ri va qonuniy sarflanishi ustidan nazorat qiladilar. Ichki bank operatsiyalari bo‘yicha bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    – bank asosiy vositalarini, kam baholi va tez eskiradigan buyumlarni sotib olish, ularning eskirishi, qayta baholanish hamda hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
    – bank nomoddiy aktivlarini, materiallarni sotib olish, eskirishi, qayta baholash, hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
    – bank boshqaruv apparati va xodimlarining xarajatlarini hisoblash va hisobga olib borish;
    – bankning barcha daromadlari bo‘yicha hisobni olib borish;
    – bankning barcha xarajatlarini hisobga olib borish va hokazo.
    Yuqorida sanab o‘tilgan bo‘limlar majmuasi bankning hisob-operatsion bo‘limini tashkil etadi. Hisob-operatsion bo‘limni bank bosh buxgalteri boshqaradi. Bankdagi mijozlar soni, bajaradigan operatsiyalar ko‘lami va hisoboperatsion bo‘limdagi guruhlar soniga qarab bosh buxgalterning bir yoki ikki muovini tayinlanadi. Yordamchi va Bosh kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, dasturli komputer tizimida hisobotlar tuzish ishlariga umumiy rahbarlik qilish bank bosh buxgalterlariga yuklanadi. Agar bosh buxgalter bo‘lmasa, ya’ni mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki kasal bo‘lsa, bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra. uning muoviniga topshiriladi. Bankning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish bilan bankning bosh buxgalter shug‘ullanadi.
    Front ofis” va “Bek ofis”ga bo’lingan buxgalteriya tuzilmasining xususiyatlari.
    Hozirgi kunda xalqaro andozalar asosida faoliyat yuritishga harakat qilayotgan qator banklarda buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish amalga oshirilmoqda.
    Tijorat banklari nuqtayi nazaridan buxgalteriya apparatining Bek-ofis va Front-ofisga bo‘linishining ahamiyati shundaki, Front-ofis mutaxassislari mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatadi, Bek-ofis mutaxassislari esa dastlab Front-ofis xodimlari tomonidan boshlangan, mijoz bevosita qatnashishi va mazkur bosqichning tugatilishini kutishi talab etilmaydigan bosqichda operatsiyalarni qayta ishlab, uni nihoyasiga yetkazadi. Natijada, har bir bank operatsiyasi birbiriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita bo‘limda amalga oshiriladi va bank xodimlarini o‘zaro nazorat qilish tizimini yaratadi. Mijoz uchun ham bunday tarkibiy bo‘linish ahamiyatli bo‘lib, bankning bitta bo‘limi yoki binosida, ammo lavozimi turlicha bo‘lgan xodimlardan o‘zining barcha masalalarini yechish imkoniyatini yaratadi. Mijoz operatsiyalar boshlanishidan to uning tugaguniga qadar faqat Front-ofis xodimlari bilan aloqada bo‘lib, Bek-ofis mavjudligi mijoz uchun ahamiyatsiz hisoblanadi.
    Front-ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‘ladigan va barcha bank xizmatlarini ko‘rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat bo‘ladi.
    Front-ofisning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    1. Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishni taklif qilish va ular yuzasidan shartnomalar tuzish;
    2. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini, shu bilan birga, “Bank-mijoz” dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
    3. Mijozlarning bank orqali o‘tadigan operatsiyalarini huquqiy va moliyaviy jihatdan dastlabki nazoratdan o‘tkazish;
    4. Mijozlarga pul hisob-kitob operatsiyalarining o‘tkazilishini tasdiqlovchi tilxat berish.
    Front-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
    1.Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi koorporativ bo‘lim;
    2.Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim;
    3. Bankning ichki operatsiyalari (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valuta operatsiyalari) amalga oshiruvchi bo‘lim.
    Front-ofis tarkibida bank uchun o‘ta muhim mijozlar (VIP) ga xizmat ko‘rsatuvchi alohida bo‘lim tashkil etilishi mumkin.
    Bek-ofis – Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy nazoratdan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
    Bek-ofisning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
    1) Front-ofis tomonidan ruxsat etilgan operatsiyalarni avtomatlashtirilgan bank hisob tizimida aks ettirish;
    2) joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish;
    3) hisobotlar tuzish.
    Bek-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin:
    1) Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi;
    2) kliring va plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi;
    3) ssuda-depozit bitimlar bo‘limi (guruhi);
    4) statistik ma’lumotlar bo‘limi;
    5) ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘limi;
    6) yakuniy nazorat bo‘limi.
    Bek-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun ham yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaning tegishli ilovalariga
    . Bosh buxgalterning ko‘rsatmalarini bajarmaganligi yoki noto‘g‘ri bajarganligi uchun mukofotdan butunlay, qisman mahrum bo‘lishi, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin. Bundan tashqari, bosh buxgalter bank rahbaridan buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rishni talab qilish, kassalarda pul qabul qilish, saqlash, ishlatish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarni to‘g‘ri bajarish ustidan nazorat qilish, mukofotlar miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega.
    Moddiy javobgar shaxslarni, kassir, ombor mudirini lavozimga tayinlash, ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish masalasi ham bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqiga ustamalar belgilash hamda ularni mukofotlash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
    Bank bosh buxgalteri quyidagi hollarda javobgardir:
    – buxgalteriya hisobining noto‘g‘ri olib borilish natijasida hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishida;
    – depozit va boshqa hisobvaraqlar, debitorlar va kreditorlar bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar berilsa, hisob ishlari o‘z vaqtida olib borilmasa;
    – buxgalteriya xodimlarining aybi bilan noto‘g‘ri hisobot berilsa;
    – Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bo‘yicha xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa;
    – bank rahbari bilan teng ravishda bankning moliyaviy, xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilsa, javobgar hisoblanadi
    Umuman, bosh buxgalterlarning intizomiy, moddiy va jinoiy javobgarligi amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi. Bank mas’ul ijrochilarining vazifalari. Hisob operatsion apparatining asosiy xodimlari – bu mas’ul ijrochilardir. Bank mijozlarining asosiy hisob-kitob va boshqa operatsiyalarining hisobini yuritish, mijozlar bilan muloqotda bo‘lishi aynan mas’ul ijrochilarga yuklatilgan. Mas’ul ijrochilar quyidagi vazifalarni bajaradi:
    – biriktirib qo‘yilgan bank mijozlari va xodimlardan qabul qilingan hisobkitob va pul hujjatlariga tegishli ishlov berish;
    – taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha pul o‘tkazish yoki pul to‘lash mumkin yoki mumkin emasligini hisobvaraqlardagi pul mablag‘larining yetarliligi asosida aniqlash;
    – kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlarini operatsiyalar qonuniyligi hamda ularning kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga muvofiqligini tekshirish;
    – akkreditiv, chek, to‘lov topshirig‘i, to‘lov talabnomasi, inkasso topshirig‘i va boshqa hujjatlarning hamda ularga ilova qilingan tovar transport hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirish, barcha rekvizitlarning mavjudligini aniqlash;
    – pul chekining nomeri imzolar va muhr namunasi tushirilgan kartochkada qayd etilgan chek daftarchasining nomeriga to‘g‘ri kelishini tekshirish;
    – chek bo‘yicha ish haqi uchun mablag‘larni belgilangan hajm doirasida berishini nazorat qilish, bu mablag‘lar hisobini yuritish;
    – mijozlarning ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar summalarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish;
    – hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha inkasso kartotekasini, o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar kartotekasini yuritish;
    – mijozlar va bank operatsiyalari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish va ulardan ko‘chirmalarni mijozlarga berish uchun qutilarga joylashtirish;
    – operatsion kun davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish grafigiga amal qilish va hokazo.

    Yüklə 0,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin