9-mavzu: Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi
Ichki sekretsiya bezlarining ta`rifi, ularning joylashuvi. Gipofiz. Epifiz. Qalqonsimon bez. Qalqonorqa bezlari. Ayrisimon bez. Buyrak usti bezlari. Me`daosti va jinsiy bezlarning tuzilishi. Ichki sekretsiya bezlarining moddalar almashinuvi va organizm rivojlanishidagi ahamiyati.
10-mavzu: Tanosil a’zolarining tuzilishi
Erkaklar jinsiy a’zolari, moyaklar, urug‘ chiqarish yo‘llari, urug‘ kanali, urug‘ pufagi, olat, yorg‘oqning tuzilishi. Ayollar tanosil organlari, tuxumdon, bachadon, qin, bachadon nayi, katta va kichik lablar, siydik chiqarish nayi, oraliqning yuza, chuqur muskullari va fassiyasi.
11-mavzu: Nerv sistemasining tuzilishi
Nerv sistemasi haqida umumiy ma’lumot. Neyron. Sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari. Retseptorlar. Neyrogliya.
12-mavzu: Orqa miyaning tuzilishi
Markaziy nerv sistemasining tuzilishi. Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya nervlari va ularning chigallari, o’tkazuvchi yo’llari. Refleks. Reflektor yoyi. Orqa miya reflekslari. Kulrang va oq moddalarning mikroskopik tuzilishi.
13-mavzu: Bosh miyaning tuzilishi
Bosh miya. Bosh miya sop qismi bo`limlari: uzunchoq miya, miya ko`prigi, o`rta miya, oraliq miya, miyacha. Bosh miya yarim sharlar po`stlog`i, uning qismlari, po`stloqning mikroskopik tuzilishi. Bosh miya nervlari.
Bosh miya katta yarim sharlari. Po’stloq qavatlari. Zonalar va egatlar. Miya-chanoq nervlari. Vegetativ nerv sistemasining simpatik va parasimpatik qismlari.
14-mavzu: Ko’rish va eshitish analizatorining tuzilishi
Sezgi a’zolarining tuzilishi. Ko`rish analizatori. Ko`zning yordamchi apparatlari va ko`z soqqasi. Ko`z soqqasining tashqi va ichki qavatlari. Ko`rish retseptorlari, nervlari va markazlari. Yaqindan va uzoqdan ko`rish. Ko`zning yoshga bog`liq xususiyatlari. Ko`rish gigiyenasi.
Eshitish va vestibulyar analizatorlar. Chig`anoq. Nutqning rivojlanishda eshitishning ahamiyati. Eshitish a’zolari kasalliklari.
Dostları ilə paylaş: |