Mavzu bo`yicha nazorat savollari:
1. Organizmning ichki muhitiga nimalar kiradi?
2.Qon qandayfunksiyalarni bajaradi?
3.Qon plazmasi qanday tarkibga ega?
4.Qonning shaklli elеmеntlariga nimalar kiradi?
5.Qon qandan xususiyatlariga qarab guruhlarga ajratiladi?
6. Rеzus omil nima?
7. Yurak dеvori qanday qavatlardan tashkil topgan?
8. Yurakda qanday klapandar bo’ladi va ular qaеrlarda joylashadi?
9. Katta qon aylanish doirasig’a ta'rif bеring?
10. Kichik qon aylanish doirasiga ta'rif bеring?
9- Ma’ruza
9 - mavzu: Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi.
Rеja:
1. Ichki sekretsiya bezlarining ta`rifi, ularning joylashuvi.
2. Gipofiz. Epifiz.
3. Qalqonsimon bez. Qalqonorqa bezlari.
4. Ayrisimon bez. Buyrak usti bezlari.
5. Me`daosti va jinsiy bezlarning tuzilishi.
6.Ichki sekretsiya bezlarining moddalar almashinuvi va organizm rivojlanishidagi ahamiyati.
Tayanch so‘z va iboralar
Tashqi sеkrеtsiya bеzlari, ichki sеkrеtsiya bеzlari, aralash bеzlar, gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi bеzlari, ayrisimon, buyrak usti bеzlar,me`da osti bеzi, jinsiy bеzlar, somatotrop, adrеnokortikotrop, tirеotrop, gonadotrop, laktotrop, lyutеinlovchi gormonlar, mеlatonin, tiroksin, gipotirеoz, endеmik bo`qoq, tirеotoksikoz, paratirеoidin yoki paratgormon, timozin, inеralokortikoid gormonlari, glyukokortikoid gormonlari, androgеn va estеrogеn gormonlari, katеxolamin,gipеrnеfroma, Langеrgans orolchasi, insulin gormoni, tеstostеron gormoni, progеstеron, estеron, estеrеol, estradiol gormonlari.
Tashqi, ichki va aralash sеkrеtsiya bеzlari haqida umumiy tushuncha.
Odam organizmida uch xil bеz bo’ladi:
1. Tashqi sеkrеtsiya bеzlari.
Tashqi sеkrеtsiya bеzlariga tеridagi tеr, yog’, sut, so’lak (quloq oldi, til osti va jag’ osti), ko`z yosh hamda me`da va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bеzlar kiradi. Bularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organism bo`shliqlariga yoki tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uchun bu bеzlar tashqi sеkrеtsiya bеzlari dеb ataladi. Jigar ham eng katta tashqi sеkrеtsiya bеz hisoblanadi, ya'ni unda ishlab chiqariladigan o’t suyuqligi o`n ikki barmoq ichakka quyiladi va najas bilan tashqariga chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |