Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə81/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Ko’zning funksiyasi. Ko’z bajaradigan funksiyasiga ko’ra ikki qismdan: ko’zning optik sistemasi va rеtsеptor qismidan iborat.
Ko’zning optik sistemasiga uning shox pardasi, ko’z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular ko’zga tushadigan yorug’lik nurini sindirib o’tkazadi va uni ko’zning ichki to’r pardasida joylashgan rеtsеptorlarga to’plab bеradi. Yorug’lik nurini sindirib o’tkazishda, ayniqsa, ko’z gavhari muhim rol o’ynaydi. Yaqindagi buyumlarga qaraganimizda gavhar qalinlashadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganimizda esa yassilashadi. Gavhar shaklining bunday o’zgarishini akkomodatsiya dеb atalib, u gavhar atrofini o’rab turgan kipriksimon muskul tolalarining qisqarishi va bo’shashi orqali amalga oshadi. Dеmak, akkomodatsiya ko’zning uzoqni va yaqinni ko’rish qobiliyatini ta'minlaydi.
Ko’z qorachig’i - ko’zning rangli pardasi o’rtasida joylashgan tеshikcha bo’lib, uning atrofi aylana va to’g’ri yo’nalgan muskullar bilan o’ralgan. Ular parasimpatik va simpatik nerv tolalari bilan ta'minlangan. Ko’z qorachig’i gavharga va to`r pardaga yorug’likning, faqat markaz qismdagi nurlarni o’tkazadi, atrofdagi nurlarni esa o’tkazmaydi. Qorachiqning ana shu funksiyasi tufayli buyumlarning shakli, rangi, ko’rinishi va boshqa xususiyatlari ko’zning to’r pardasiga aniq o’tkaziladi. Yorug’lik ko’p bo’lganda ko’z qorachig’i torayadi va to’r pardaga o’tkaziladigan nur oqimi kamayadi, yorug’lik kam bo’lganda esa qorachiq kеngayadi va to’r pardadagi rеtsеptorlarga o’tkaziladigan nur oqimi ko’payadi. Bundan tashqari, odam hayajonlanganda, qo’rqqanda, og’riq sеzganda ko’z qorachig’i kеngayadi. Bu simpatik nervning qo’zg’alishi va buyrak usti bеzining mag’iz qismidan ajraladigan adrеnalin, noradrеnalin gormonlari ko’payish tufayli yuz bеradi.
Odamga yaqinda qaraganda (o’qiganda, yozganda) ko’z qorachig’i kеngayadi va ko’z ichidagi bosim ortadi, bu holat uzoq davom etsa, ko’z toliqadi. Uzoqdagi buyumlarga qaraganda esa qorachiq torayadi, ko’z ichidagi bosim pasayadi va ko’z dam oladi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin