O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari:tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari:o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash:o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Iqtisodiy matematikaning masalalari kursi bo‘yicha o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi.
IV. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 1-mavzu. Iqtisodiy masalaning matematik modelini tuzish. Matematik model va ularning turlari. Ko'p tаrmоqli iqtisоdiyot mоdеli. Leont’ev chiziqli modeli
2-mavzu. Chiziqli programmalashtirish masalasi: yechimlari va ularning xossalari. Iqtisodiy masalaning matematik modelini tuzish. Eng sodda iqtisodiy masalalarning matematik modellari: ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish modeli; optimal bichish modeli; iste’mol savati modeli. Chiziqli programmalashtirish masalasining standart shakli. Bazis yechim. Aynigan yechim.
3-mavzu. Chiziqli programmalashtirish masalasining geometrik talqini Chiziqli programmalashtirish masalasining geometrik talqini va xossalari. Grafik usul. Chegaraviy shartlarning geometrik о‘rni. Gipertekisliklar. Gipersirtlar. Chiziqli funksiyaning qavariqligi. Qavariq tо‘plamlar. Qavariq kо‘pyoqlar. Qavariq kо‘pburchaklar. Kompakt tо‘plam tushunchasi. Optimal yechimning geometrik tahlili.