Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematik kafedrasi


I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy



Yüklə 44,4 Kb.
səhifə2/9
tarix07.10.2023
ölçüsü44,4 Kb.
#152936
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ИҚТИСОДИЙ-МАТЕМАТИК УСУЛЛАР ВА МОДЕЛЛАР FAN Dasturi

I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy
ta’limdagi o‘rni
Iqtisodiy matematikaning masalalari kursi metodlari va prinsiplari fan va texnikaning ko’plab tarmoqlarida qo’llanmoqda. Bu kursda iqtisodiy matematikaning ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika, matematik programmalashtirishning
boshlang’ich tushunchalari sohaga tadbiqlari yordamida o’rganiladi. Fanni o’qitish ma’ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi.
Iqtisodiy matematikaning masalalari kursi iqtisod, marketing, turizm, texnika sohasidagi fanlar bilan chambarchas bog’langan. U fizika, texnika, iqtisod va boshqa sohalarni o’rganishda, ularning masalalarini yechishda, ayniqsa turli jarayonlarning matematik modellarini tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarni Iqtisodiy matematikaning zaruriy ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirishdan iboratdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, mantiqiy fikrlash, to’g’ri xulosa chiqarish, matematik madaniyatini oshirish hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Iqtisodiy matematikaning masalalari kursi bakalavriyatning uchinchi kursida o‘qitilib, u talabalarda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini jadal, hozirgi rivojlanish davrida fan, texnika va ishlab chiqarishni integratsiyalash natijasida mehnat unumdorligini, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish samadorligi va ish sifatini oshirish, xalq turmushining moddiy va ma’naviy darajasini yuksaltirish, inson faoliyatining turli sohalarida yuzaga keladigan masalalarni yechish, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda matemaik metodlar va hisoblash texnikasi vositalarini qo‘llashda asosiy fanlardan hisoblanadi.


II. O’quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni о‘qitishdan maqsad – iqtisodiy tushunchalarning matematik mohiyatini tushuntirish hamda talabalarda nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va olgan bilimlarini amaliy masalalarni yechishga qo`llay bilish, iqtisodiy jarayonlarga matematik metodlarni tatbiq etish, tadbiqiy masalalarni matematik modellashtirishda yetarli matematik apparatni qo`llay olish kompetensiyasini hosil qilish, mustaqil ravishda zamonaviy adabiyot va axborot texnologiyalardan foydalanish kо‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - nazariy bilimlarni о‘rganish, matematik ta’limni zamonaviy iqtisodchi fundamental tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi sifatida qarash orqali ixtisoslik fanlarini о‘rganish uchun tayyorlash. Talabalarning matematik kompetentligini shakllantirish.

Yüklə 44,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin