ΔH=ΔU+PΔV o‘lchov birligi J/mol.
Demak, Qр= Н2– Н1=ΔН, doimiy bosimda borayotgan jarayonning issiqlik effekti sistema issiqlik saqlamining(entalpiya) o‘zgarishiga tengligini ko‘rsatadi.
Topshiriq: 1) Termodinamika va termokimyoda issiqlik chiqishi yoki yutilishi qanday ifodalanadi?
2) Qanday issiqlikka hosil bo’lish issiqligi deyiladi?
3) Qanday issiqlikka erish issiqligi deyiladi?
4) Qanday issiqlikka neytrallanish issiqligi deyiladi?
5) Qanday issiqlikka yonish issiqligi deyiladi?
6) Gess qonunini tushuntiring?
7) Tirik organizmlarda Gess qonuni qanday ahamiyatga ega?
Foydalaniladigan adabiyotlar: Евстратова К.И., Купина Н.А., Малахова Е.Е., Физическая и коллоидная химия. - М., Высшая школа, 1990.
Aminov S.N. Fizik va kolloid kimyo. – Ma’ruzalar matni. Toshkent., 2000. 249 бет.
Olimov N.Q. Fizik va kolloid kimyo. Toshkent., Fan., 2006.
Ершов Ю.А., Попков В.А. и др. Общая химия. -М., Высшая школа, 2003.
Florence A.T., Attwood D. Physicochemical Principles of Pharmacy. - Macmillan, 1988. - 485 p.
9-mavzu: Reaksiyalarning tartibi va molekulyarligi. Muvozanat konstantasini hisoblashda reaksiyaning standart holatdagi entalpiya va entropiyasining qiymatlaridan foydalanish.
Ishning maqsadi:Kimyoviy reaksiyalar tezligi to’liq va aniq o‘zlashtirish. Mavzuni yanada mustahkamlash uchun kimyoviy reaksiyalarning tartibi va molekulyarligi haqidagi yangi ma’lumotlar bilan rivojlantirish.
Hisobot shakli (vazifa): O’z go’yasi asosidagi fikrlarni adabiyotlar bilan uyg’unlashtirgan holda ma’lumot tayyorlash.
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 6 soat
9-mustaqil ish uchun metodik ko’rsatma:Kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan molekulalar soni reaksiyaning molekulyarligini belgilaydi.Kimyoviy reaksiyalar molekulyarligi bo’yicha monomolekulyar, bimolekulyar va tri molekulyar reaksiyalarga bo’linadi. Uchtadan ortiq zarrachalarning bir paytni o’zida to’qnashishi deyarli sodir bo’lmaydi.
Massalar ta’sir qonunini qo’llaganda reaksiya konsentrasiyaning nechanchi darajasiga bog’liqligini ko’rsatuvchi son reaksiyaning tartibini ko’rsatadi.
Reaksiyaning molekulyarligi va tartibi o’zaro, agar reaksiyaga kirishuvchi moddalardan biri juda ko’p miqdorda olinsa (masalan saxarozaning gidrolizi) va faqat bir moddaning konsentrasiyasi o’zgarsa molekulyarlik va tartib mos kelmaydi.Hatto nolinchi tartibli reaksiyalar ham uchraydi.Ularda kimyoviy reaksiya konsentrasiyaga bog’liq bo’lmaydi.
Kimyoviy reaksiyalarni oddiy va murakkab reaksiyalarga bo’lish mumkin. Agar reaksiya faqat bir bosqichda borsa, oddiy reaksiya deyiladi. Parchalanish reaksiyalari oddiy reaksiyalarga misol bo’ladi.
Ko’pchilik reaksiyalar murakkab reaksiyalar bo’lib, ular bir necha bosqichda sodir bo’ladi. Murakkab reaksiyalar parallel, ketma-ket, tutash, zanjir reaksiyalarga bo’linadi.
Parallel reaksiyalar bir vaqtning o’zida bir necha yo’nalishda boradi.
Birinchi tartibli reaksiya (shu jumladan unimolekulyar bir bosqichli jarayon) uchun unimolekulyar tezlik konstantasi va reaksiyaning yarim yemirilish davri oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik mavjud: t1/2=lg2/k. O'tish holati nazariyasi tezlik konstantasi k(T) va faollashuvning Gibbsning erkin energiyasi o'rtasidagi munosabatni beradi. ∆Gt= ∆Ht-T∆St, mumkin bo‘lgan miqdor. o'tish holatiga erishish uchun zarur bo'lgan erkin energiya o'zgarishi sifatida qabul qilinadi. Xususan, bu energiya to‘sig‘i entalpik Hva entropik S^ni o‘z ichiga oladi. Oʻtish holati nazariyasidan topilgan natija k(T)=Kb(T)/h*e∆Gt /RT, bu yerda h - Plank doimiysi, R - molyar gaz doimiysi. Foydali qoidalar sifatida, tezlik konstantasi 10−4 s−1 boʻlgan birinchi darajali reaksiyaning yarim yemirilish davri (t1/2) taxminan 2 soatni tashkil qiladi. Xona haroratida sodir bo'ladigan bir bosqichli jarayon uchun tegishli Gibbs bo'sh faollashuv energiyasi (DG‡) taxminan 23 kkal/mol ni tashkil qiladi.