Qarshi davlat universiteti noorganik kimyo kafedrasi analitik va fizik kimyoviy tahlil usullari fanidan



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə12/18
tarix09.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#153383
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
mustaqil ta\'lim anafiz kimyo

Topshiriq(muammoli):

  1. N2(g)+3H2(g) ↔2NH3(g) Reaksiya uchun 300⁰C дa Kc=9.60 ga teng bo‘lsa, Kp ni hisoblang.

  2. Reaksiyaning tezlik doimiyligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladimi?

  3. Vaqt mobaynida gomogen sistemada ruy berayotgan kimyoviy reaksiyalar tezligi ortadimi, kamayadimi, yoki o‘zgarmaydimi?



10-mavzu: Suvning avtoprotoliz konstantasi. Geterogen sistemalardagi muvozanat.
Ishning maqsadi: Kimyoviy muvozanat mavzusini to’liq va aniq o‘zlashtirish. Mavzuni yanada mustahkamlash uchun suvning avtoprotoliz konstantasi haqidagi yangi ma’lumotlar bilan rivojlantirish.
Hisobot shakli (vazifa): O’z go’yasi asosidagi fikrlarni adabiyotlar bilan uyg’unlashtirgan holda ma’lumot tayyorlash.
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 4 soat
10-mustaqil ish uchun metodik ko’rsatma: Reaksiya boshlangan paytda to‘g‘ri reaksiyaning tezligi katta, teskari reaksiyaning tezligi kichik bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan to‘g‘ri reaksiyaning tezligi kamayib teskari reaksiyaning tezligi ortib boradi. Ma’lum vaqtdan so‘ng har ikkala reaksiya tezliklari tenglashadi:

[A], [B], [C], [D] – reaksiyaning muvozanat konsentratsiyalari; a, b, c, d- - reaksiya tenglamasining stexeometrik koeffitsiyentlari; K – kimyoviy reaksiyaning muvozanat konstantasi bo‘lib, u haroratga bog‘liq bo‘lgan kattalik.
To‘g‘ri va teskari reaksiyalar tezliklari tenglashgan holat kimyoviy muvozanat deyiladi. Moddalarning muvozanat vaqtidagi konsentratsiyalari muvozanat konsentratsiyasi deyiladi.
Topshiriq:

    1. Quyidagi reaksiyalar uchun muvozanat doimiysini topish formulasini yozing.

  1. 1/2H2(g)+1/2Cl2(g)↔HCl(g)

  2. Cd2+(s)+4Br-(s) ↔СdBr42-(s)

    1. Kp va Kc larning bog‘lanish formulasini keltirib chiqarib tushuntiring.

    2. PCl5(g)↔ PCl3(g)+ Cl2(g) reaksiya uchun muvozanat konstantasi 400 K da Kc=1.1*10-2 ga teng bo‘lsa, PCl3(g)+ Cl2(g) ↔PCl5(g) reaksiya uchun 400 K dagi muvozanat doimiysi qanchaga teng bo‘ladi?

  1. Quyidagi reaksiyada qanday qilib muvozanat chapga siljitiladi?

SO3 + H2O ↔ H2SO4 + Q

  1. Kimyoviy muvozanat konstantasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga ta’rif bering?

  2. Kimyoviy muvozanat konstantasi Gibss energiyasiga qanday bog‘langan?

  3. Kм ning qiymatini reaksiyaning borish bormasligiga ta’siri.


11-mavzu: Kuchli va kuchsiz elektrolitlar haqidagi tushunchalarni misollar bilan mustahkamlash. Elektrolitik dissotsilanish nuqtai nazaridan kislota, asos va tuzlarning xossalari. O‘rta, nordon, asosli, kompleks va qo‘sh tuzlarning dissotsilanishi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin