Qarshi davlat universiteti noorganik kimyo kafedrasi analitik va fizik kimyoviy tahlil usullari fanidan



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə10/18
tarix09.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#153383
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
mustaqil ta\'lim anafiz kimyo

Ishning maqsadi: Termokimyo, energiya turlari va reaksiyalarda hosil bo’ladigan ekzotermik va endotermik, entalpiya, entropiyalarni to’liq va aniq o‘zlashtirish va rivojlantirish.
Hisobot shakli (vazifa): O’z go’yasi asosidagi fikrlarni adabiyotlar bilan uyg’unlashtirgan holda ma’lumot tayyorlash.
Tayyorlash uchun sarflanadigan vaqt: 6 soat
8-mustaqil ish uchun metodik ko’rsatma: Ichki energiya (U) – sistemaning umumiy energiya zahirasini xarakterlaydi. Unga energiyaning barcha turlari – zarrachalarning ilgarilanma va aylanma harakat energiyalari, o‘zaro tortilish va itarilish energiyalari, ilgarilanma va aylanma harakat, atomlarning tebranish energiyasi, ichki molyar, elektronlarning qo‘zg‘alish energiyalari, yadro ichidagi energiyalar, nurlanish energiyalari kiradi. Ichki energiyaning qiymati modda tabiatiga, uning massasiga, holat parametrlariga bog‘liq.
Odatda 1 mol modda uchun hisoblanadi va molyar ichki energiya deyiladi, J/mol larda o‘lchanadi.
U holat funksiyasi bo‘lib, uning mutloq qiymatini o‘lchab bo‘lmaydi, faqat sistema bir holatdan ikkinchi holatga o‘tgandagi o‘zgarishi
U2 – U1= ΔU o‘lchanadi.
Ichki energiya harorat funksiyasidir. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, ichki energiya ham shuncha ortadi ΔU>0, agar ichki energiya kamaysa ΔU<0 bo‘ladi. Ichki energiya xatto absolyut «0»da ham nulga teng bo‘lmaydi, ya’ni molekulalar harakati to‘xtamaydi. Shuning uchun ham ichki energiyaning mutloq qiymatini aniqlab bo‘lmaydi. Sistemaning to‘liq energiyasini aniqlash uchun uni barcha energiyalardan xolis qilish lozim. Bu mumkin emas.
Entalpiya (Н) – doimiy bosimdagi sistemaning energiyasi bo‘lib, ichki energiya va potensial energiyalar yig‘indisiga teng.
H=U+PV
Entalpiya ham holat funksiyasi bo‘lib, sistemaning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishdagi o‘zgarishi o‘lchanadi. Shuning uchun

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin