Leksik xatolar xilma-xil bolgani uchun uni togrilash va tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yoli bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, oqilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi sozlarning mano qirrasini tushuntirishdir.
Morfologik-uslubiy xatolarga soz shaklini, soz ozgartuvchi va soz yasovchi qoshimchalarni notogri qollashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi. Sintaktik-uslubiy xatolarga soz birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir. Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni notogri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi. Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos kelmasligi, yani voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi. Inshoga tayyorgarlik vaqtida oquvchilar kuzatish, material toplash, dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq koz oldilariga keltira olmaydilar, natijada kompozitsion xatoga yol qoyadilar. Bunday xato hikoya mazmunini toliq qamrab ololmaslik, materialni oz orniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish konikmasi murakkab konikma bolib, u oquvchilarda muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi. Mantiqiy xatolar: 1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bolgan soz, bazan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun oquvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, yani u