Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Deviant xulq-atvor tushunchasi



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə62/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

12.1 Deviant xulq-atvor tushunchasi.


Ijtimoiy pedagogikada norma va normadan chetga chiqish qoidalari. Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o’z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og’ish bor bo’lgan odamlardir. Bunaqa odamlar doim bir guruh bo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan. Zamonaviy AQSH va Yevropa davlatlarida u yoki bu og’ishlarga ega jamiyatga integratsiyalashuvi konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. U konsepsiyaga ko’ra bu odamlar ham jamiyatning teng huquqli, biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga ega a’zosi sifatida ko’riladi. Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun


dunyoda shu jumladan, O’zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmoqda. Shuning uchun bunaqa odamlar avalambor bolalarning ko’payishini rejali ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim. Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada “norma”ning o’z ko’rsatkichlari, o’z me’yorlari mavjud. Normaga mos kelmaydigan jihatni-“og’ish”, “chetga chiqish” deyishadi. Ijtimoiy pedagogika uchun “norma” va “normadan og’ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo’llanadi. Og’ish ham ijobiy ham salbiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham normadan og’ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og’ishlar ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga ham jamiyat rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Og’ish turlari. Normadan chetga chiqishni shartli ravishda 4 guruhga ajratsak bo’ladi: jismoniy, ruhiy, pedagogik va sotsiologik. Ularni batafsil o’rganib chiqsak. Normadan jismoniy og’ish avvalambor inson sog’ligiga bog’liq. Sog’liqdagi og’ish yoki irsiy omillar yoki biror-bir tashqi holatlar: og’ir ekologik holat, ichimlik suvining qoniqarsiz sifati, oila hayoti darajasining pasayishi va boshqalar asosida yuzaga kelishi mumkin. Sog’ligida va rivojlanishida og’ishga moyillarning ko’p tasniflari mavjud. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan imkoniyatlarning uch zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qildi: kasallik, xastalik-ruhiy yoki fiziologik funktsiyalar, anatomik struktura elementlarini har qandayyo’qotish yoki ularning anomaliyasi; cheklangan imkoniyat-inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yoqotish yoki cheklab qoyish; nogironlik-yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biro-bir faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat. G’arb davlatlarida “sog’liqning cheklangan imkoniyatlariga ega shaxs” tushunchasi mavjud. Ularga ta’lim standartlarini o’zlashtirishga to’sqinlik qiluvchi jismoniy yoki ruhiy kamchiliklarga ega bolalar kiradi. Shuningdek, nuqson tushunchasi ham mavjud bo’lib, uning 4 turi-ruhiy, jismoniy, murakkab va og’ir turlari mavjud. Jismoniy nuqsonlarga – inson organining faoliyat yurgizishga yoki rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchiliklar, shuningdek, har qanday somatik yoki yuqumli xastaliklar kiradi. Ruhiy nuqsonlarga – insonning ruhiy rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchilik kiradi. Bularga nutq buzilishi, miya faoliyati, shuningdek, aqliy rivojlanishning buzilishlari kiradi. Murakkab nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan jismoniy va ruhiy kamchiliklarni o’zida mujassam etadi.

    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin