Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə65/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Deviatsiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan iborat. Deviant xulq-atvor – mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo’lgan ijtimoiy normalar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bog’liq me’yordan og’uvchi xulq- atvor turlaridan biridir. Bu xulq-atvorni g’ayriintizomiy deb atasak ham bo’ladi. Deviant xulq- atvorning yorqin namoyon bo’lishiga namoyish, agressiya, chaqiruv, o’qishdan qochish va daydilik, boalar va o’smirlarning aroqxo’rlik, giyohvandlik va u bilan bog’liq asotsial harakatlar, jinsiy xarakterdagi asotsial hatti-harakatlar, o’ziga suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib keltirsak bo’ladi. Delinkvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o’smirlarning takrorlanib turuvchi asotsial hatti-harakatlar sifatida xarakterlanadi. Bu harakatlar huquqiy
normalarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko’ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan muayyan harakatlar majmuasiga aylanadi. Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud: agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o’t qoyish kabilar kiradi; g’arazli xulq-atvor: kichik o’g’riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarni olib qochish va moddiy daromad olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajovuzlar; giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish. Delikvent xulq-atvor nafaqat tashqi jihatdan, balki ichki-shaxsiy xulq-atvorda ham namoyon bo’ladi. Ya’ni bunda o’smirda ichki tartibga solish tizimini nazorat qilishni susayishiga olib keluvchi qadriyatlarning o’zgarishi roy beradi. Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum Yoshga yetganda jinoiy ish qo’zg’ashga sabab bo’luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g’ayrihuquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo’rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o’z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritsak bo’ladi. Ular tizimni barbod etishadi, uning asoslariga putur yetkazishadi va anchagina zarar keltirishadi. O‟smirlarning deviant xulq-atvori sabablari. Me’yordan chetga chiquvchi xulqatvor murakkab tabiatga ega bo’lib, turli xil omillar bilan izohlanadi. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq- atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir:


  1. Yüklə 4,45 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin