Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Deviant xulq-atvorning yuzaga kelishi



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə63/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Deviant xulq-atvorning yuzaga kelishi.


Og’ir nuqson – belgilangan tartibda tasdiqlangan shunaqa nuqsonki, bu nuqson mavjud bo’lgan holatda davlat ta’lim standartlariga mos ravishda ta’lim olishning umuman iloji yo’q. Bola jismoniy rivojlanishidagi og’ishlarga kasallik, ko’rish, eshitish qobiliyatlarining buzilishlari kiradi. Normadan ruhiy og’ishlar, avvalambor, bolaning aqliy rivojlanishi, uning ruhiy nuqsonlariga bog’liqdir. Bu turdagi og’ishlarga avvalambor ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi, bolalarning aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug’ma nuqsonlari yoki jarohat asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli darajada-yengil aqliy zaiflikdan, chuqur- tentaklikkacha namoyon bo’ladi. Ruhiy og’ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og’ishlarning yana bir turi emotsion faoliyatining buzilishidir. Bu og’ish turining eng og’ir shakllari deb autizm-muloqotga ehtiyoj sezmaslik va suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)larni keltirsak bo’ladi. Bolalarning iqtidorliligi alohida og’ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlab beruvchi qobiliyatlarning o’ziga xos uyg’unligidir. Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab balki, faoliyat mahsullari xarakteriga qarab, ham


belgilanadi. Pedagogik og’ishlar tushunchasi pedagogika va ijtimoiy pedagogikada hozircha kam qo’llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta’lim olayotganlar faoliyatini tartibga solganidan turli normalar qo’llanmoqda. Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan standartlarga, shuningdek o’quvchi intilayotgan maqsadlarga tegishli. Bularga yana ta’lim olishda yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi bola rivojlanishining normalarini ham kiritsak bo’ladi. Ta’lim olinishi yoki olinmasligi normalari haqida nihoyatda aniqlik bilan gapirsa bo’ladi. So’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra ta’lim ololmagan bolalar ham paydo bo’ldilar. Normadan bunaqa og’ishlarni pedagogik og’ish desak bo’ladi. Umumiy ta’lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bular maktabga bormaydigan, faqatgina boshlang’ich maktabni tugatgan, umumiy o’rta ta’lim olmagan bolalardir. Bunaqa holatlarni yuzaga kelishi uchun bizning davlatda sabablar talaygina: dars qoldirish o’qishga intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun ko’chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizmlar bolalar ota-onalaridan judo bo’lishlariga olib keladi. Daydilikka moyilligi bo’lgan bolalar soni ham ko’paymoqda. Bolalar maktablarda tahsil olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirsak bo’ladi. Ruhiy va jismoniy rivojlanishda og’ishga ega bo’lgan bolalarning ta’lim olishlaridagi katta qiyinchiliklarini ham ta’kidlab o’tish joiz. Yuqorida aytilganidek, bunday bolalar uchun alohida maktablar bo’lib, u yerda ular professional mutaxassislar qo’l ostida ta’lim olishadi. Biroq ko’p narsa bola qaerda yashashligiga -qishloq yoki shaharda, qanaqa oiladan ekanligiga bog’liq. Ba’zi sog’ligida muammosi bor bolalar uchun ta’lim uyda individual tarzda o’tiladi. Bu bolalarning jamiyatga integratsiyalashuvining asosiy muammosi ularning keyinchalik professional ta’lim olishlari bilan bog’liq. O’z ijtimoiy rivojlanishlarining buzilib bo’lganligi sababli biror-bir kasbiy faoliyatni tanlay olmaydigan bolalarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Bu bolalarni biror-bir ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat sohasida o’zlarini sinab ko’rish xohishi yo’qligi birlashtiradi. Bu holatda bu og’ishni yengib o’tish uchun mutaxassisning ijtimoiy pedagogik yordamiga muhtoj bolalar ham paydo bo’lishadi. Ijtimoiy og’ishlar “ ijtimoiy norma” tushunchasi bilan bog’liqdir. Ijtimoiy norma bu insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati yoki xulq-atvorining jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki rasman o’rnatilgan qoidalari namunasidir. Aslida ijtimoiy norma kerakli xulq-atvor, ijtimoiy munosabatlar va faoliyatlar modeli hisoblanadi. Bolalar uchun ijtimoiy normalarning o‟ziga xos xususiyati shuki, ular tarbiya omili hisoblanib, uning jarayoni ijtimoiy norma va qadriyatlarni o‟zlashtirish, ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va rollarni o‟zlashtirish sodir bo‟ladi. Bu holatda tarbiyaning boshqarish funktsiyasi eng muhim vazifani bajaradi, Chunki uning vazifasi bolalar ongi va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy effekt ta’minlanadigan darajada tashkil qilishdir. Sotsiologik, psixologik va pedagogik adabiyotlarda deviant xulq-atvorga ega bolalar muammolari ustida yetarli ish olib borilgan. Bunday xulq-atvorning sabablari ham yaxshi o’rganib chiqilgan. Ular o’smirlik davrining qiyinchiliklari, jamiyatdagi ijtimoiy maqomning noaniqligi, davlat rivojlanishining beqarorligi, bola mustaqil chiqib keta olmaydigan ekstremal holatlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Bu bolalarga yordam ko’rsatish uchun ixtisoslashgan ijtimoiy xizmatlar tuzilmoqda. Ijtimoiy xavfli xatti-harakat sodir etgan va 11 yoshga to’lgan bolalarni sud tibbiy-pedagogik komissiyasi xulosani inobatga olgan holda maxsus maktablar yoki maxsus kasbiy bilim yurtlariga yuborishlari mumkin. M. A. Galaguzova tomonidan turli og’ish turlarining tasnifi quyidagicha berilgan: Jismoniy, ruhiy, pedagogik, ijtimoiy 1) kasallik; 2) ko’rish qobiliyatining buzilishi; 3) eshitish qobiliyatining buzilishi. 4) ruhiy rivojlanishning to’xtab qolishi; 5) aqliy qoloqlik; 6) nutq buzilishi; 7) iqtidorlilik. 8) umumiy o’rta ta’lim olishdan chetga chiqish; 9) kasbi y ta’lim olishdan chetga chiqish. 10) yeti mlik; 11) xul q-atvor normasidan og’ish; 1. aroqxo’rlik ; 12) nor
kamaniya; 13) taksikomaniya; 14) foxishabozlik; 15) daydilik va b. Ijtimoiy pedagogning og’ish xulq-atvorli bolalar bilan ish yuritishi og’ishlar profilaktikasi, muayyan norma va qoidalarni buzishning oldini olish, shuningdek xulq-atvorida u yoki bu og’ish aniqlangan bolalarning reabiliatatsiyasiga qaratilishi lozim.

    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin