Birinchi bosqich: o‘spirin va uning atrofidagilar bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatish;
Ikkinchi bosqich: o‘spirinning shaxsiy varaqasi (delo) bilan tanishib chiqish;
Uchinchi bosqich: pedagogik tarbiyasi og‘irligining sabablarini aniqlash;
1 Л.П.Филонов Дезадаптив ыспиринлар билан реабилитация жараёнида ало=а ырнатиш технологияси. Замонавий шароитларда болалар ва ысмирлар реабилитацияси муаммолари ва тажрибаси. М, 1994. 127-143 б. 2 Ю.В.Василкова, Т.А.Василкова Социал педагогика. М:Академия, 2003. 362-363 б.
To‘rtinchi bosqich: ijtimoiy pedagogik xaritalarini tuzish;
Beshinchi bosqich: o‘spirin shaxsiyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi faoliyat turini tanlash;
Oltinchi bosqich: tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonining birlashishi, o‘spirin faoliyatini o‘z-o‘zini mukammallashtirishga qaratish.
Tarbiya jarayoniga kompleks yondoshuv o‘spirinlar guruhlari paydo bo‘ladigan mikro muhitlarga faol ta’sir qilishni talab qiladi. Kriminologlarning ma’lumotiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar aksar jinoyatlarini guruh bo‘lib sodir etishadi. Biroq voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘pgina tavsiyalar individual profilaktika tavsiyalari hisoblanadi. Amaliyotda isbotlanganidek, ajratib olingan o‘spirinning huquqbuzarliklarini bartaraf etishga qaratilgan pedagogik faoliyat har doim ham kutilgan natijalarga olib kelmaydi. Bu holat huquqbuzar o‘spirinning yashash joyidagi guruhning a’zosi bo‘lganligi va uning xatti-harakatlari guruh kayfiyati, ularning hayot tarzi, fikrlashi, boshqa a’zolariga bog‘liq bo‘lishi bilan izohlanadi. Demak, biz pedagogik tarbiyasi og‘ir bolalar bilan individual faoliyat olib borishning muhimligini e’tirof etgan holda o‘spirinlarni o‘rab turgan mikromuhit bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganish zarurligini ham ta’kidlab o‘tamiz.
Pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi tarbiya vositalari, shakl va mazmunini bildirib, bu faoliyatning maqsadi deb pedagogik tarbiyasi og‘ir bolalarni sinf jamoasi, o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan munosabatlarining normallashuvi natijasida o‘smir guruhlarning rejali qayta to‘g‘irlash hisoblanadi. Bu munosabatlarning normallashuvi o‘smir shaxsning shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borish ommaviy so‘rovnoma va anketa to‘ldirish bilan amalga oshiriladi. Bu usullar pedagogik qarovsiz o‘smirlar guruhlarining qaerda paydo bo‘lganligi haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar bilan ish olib borishda pedagog quyidagi parametrlarni inobatga olishi lozim: guruh hajmi, ularning yosh va ijtimoiy tarkibi, uchrashuv joylari va vaqti, guruh faoliyatining mazmuni va yo‘nalishi. Muloqotning bu parametrlarini bilish tarbiyachiga tuman, shaharda o‘smir guruhlari bilan ishlashning eng to‘g‘ri va samarali shakl, vositalarini qo‘llashga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog o‘smirlar guruhining ijtimoiy tarkibini bilish ham muhim. Ijtimoiy tarkibi turli bo‘lgan o‘smirlar guruhlarida o‘zaro axborot almashuv va muloqot qilish qiziqarli bo‘ladi. Biroq bu guruhlarda hayot haqida yolg‘on tasavvurlarga ega ma’lumotlar ham tarqatilishi mumkin.
Tarbiyachining vazifasi:
guruhdagi muomalaning mazmunini bilish;
tarbiyaviy ta’sirni to‘g‘ri tashkil qilib, ma’lumotni to‘g‘ri tomonga yo‘naltirish.
Guruhlarning o‘rganilishi va taxlil qilinishi lozim bo‘lgan mashg‘ulotlarini quyidagi turlarga ajratsak bo‘ladi: vaqt bo‘yicha – doimiy va vaqtinchalik, yo‘nalishi bo‘yicha – ijobiy(mehnat, sport, san’at bilan mashg‘ul bo‘lish) va salbiy (chekish, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish, qimor o‘ynash).
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning uslublari va texnologiyalari quyidagilar:
maktab va maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sir (seksiya, klub, to‘garaklar);
intizomli, a’lochi o‘quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga ta’siri. Bu yo‘nalish bir-biri bilan do‘stlashish xohishi, o‘zaro muomalaga talab bo‘lganda juda muvafaqqiyatli amalga oshib, uning asosida qiziqishlar umumiyligi (sevimli sport turi, texnika, musiqa va boshqalar bilan shug‘ullanish) yotadi. Bu yo‘nalishni amalga oshirishning muvafaqqiyati ko‘pincha o‘qituvchi, sinf rahbarining mohir rahbarligiga bog‘liq;
sinf jamoasining pedagogik qarovsiz o‘smirlarga ta’siri. Bu birgalikdagi faoliyat(sayohatga chiqish, spartakiadalar, san’at festivallari, ko‘rgazmalar, jamoaviy harakatlar)ni talab qiladi. Sinfda jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik qarovsiz bolalar nafaqat o‘zlari uchun balki jamoa uchun ham mehnat qilayotganlarini va ularning ishtirokiga ko‘p narsa bog‘liqligini anglab yetishadi. Bunday faoliyatlarda og‘aynichilik aloqalari vujudga keladi, boshqalarga nisbatan to‘g‘ri munosabat shakllanadi, yuklatilgan vazifa uchun mas’uliyat hissi ortadi;
pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta’sirning ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlari muvaffaqiyatining ta’minlanishi mikromuhitning tarbiyaviy ishlari maktab jamoasi bilan birgalikda va bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishiga bog‘liq.
Maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirni tashkil qilishda quyidagi holatlarni inobatga olish lozim:
To‘garak, seksiya, klubda o‘smirlarda aniqlangan bitta qiziqish bilan cheklanmaslik kerak. Pedagog o‘smirlarni mehnat, turli o‘yinlar, ijodiy faoliyat orqali atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilish lozim.
Norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko‘rsata turib, ularni rasmiy guruhga o‘tishlariga erishsa bo‘ladi. Bu jarayonni shartli ravishda “rasmiylashtirish” deyiladi. Bu jarayon o‘smirlar uchun sezdirmagan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy guruhga aylanishidir.
Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir xususiyati o‘smirlarni o‘zi tanlagan, uning bajarilishidan qoniqish sezadigan faoliyatni tanlashdir. Asta-sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va rivojlantirish, keyinchalik o‘zi bajarayotgan ishlari uchun mas’uliyat hissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to‘ldirib borlishi lozim.
Tarbiyasi og‘ir bolalar yoki o‘smirlar bilan ish olib borish pedagogik qayta tarbiyalash jarayonini ko‘zda tutadi. Qayta tarbiyalash – bola yoki o‘smir yurish-turishidagi turli cheklanishlarni yengib o‘tish yoki bartaraf etishdir. Qayta tarbiya ham tarbiyachi, ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og‘ir jarayondir. Tarbiyalanuvchi yangi yo‘lning istiqboli bilan qiziqishi lozim. Tarbiyachi esa tarbiyalanuvchining o‘tmishi, bugungi kunini tahlil qilib, uning kelajagini tasavvur etishi lozim.
O‘smirni qayta tarbiya yoki o‘z-o‘zini tarbiyalashga tayyorlash jarayoni bir necha bosqichdan iborat:
Tarbiyalanuvchini o‘rganib chiqish;
O‘smirning yurish-turishini o‘zgartirish uchun uning ruhiy tayyorlash; Ijobiy axloqiy xislatlarni to‘plash;
Inqirozdan chiqish, o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish.
Shuni ham inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o‘smir mansub bo‘lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo‘shiladi. Bunda tarbiyachi koordinator vazifasini bajarib, jamoani o‘z o‘rtoqlarini qayta tarbiyalashga yo‘naltiradi. O‘smirlar bilan reabilitatsion markazda ishlayotgan ijtimoiy pedagog maxsus metodlardan foydalanib, tarbiyalanuvchi oldida o‘z idealiga o‘xshashga intilish maqsadini qo‘yadi. Bu o‘smirning ijobiy tomonga o‘zgarishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |