Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy- iqtisodiy, kasbiy, maishiy



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə74/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Reabilitatsiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy- iqtisodiy, kasbiy, maishiy.


Tibbiy reabilitatsiya bola organizmining u yoki bu yo‘qotilgan funksiyasini o‘rnini to‘ldirish yoki to‘liq va qisman tiklashga qaratilgan bo‘ladi.
Kasbiy reabilitatsiya o‘smirni biror-bir kasbga o‘rgatish, u uchun yengillashtirilgan sharoitli va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat.
Maishiy reabilitatsiya o‘smir uchun me’yorli yashash sharoitlarini yaratishga qaratiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya deganda esa o‘smir huquq va manfaatlarini himoya qilish,
unga tegishli bo‘lgan moddiy mulklar, to‘lovlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya-bola hayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega shaxsiy hislatlarni, uning jamiyat integratsiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ijobiy rollarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini o‘zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishga qaratilgan tarbiyaviy harakterdagi chora-tadbirlardir.
Deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi reabilitatsion markaz deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
-nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi,
-ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam,
-ijobiy, ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomila qilish ko‘nikmalarini shakllantirish,
-ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini bajarish,
-shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini bartaraf etishga yordam beruvchi ruhiy va pedagogik qo‘llab-quvvatlanish,
-oilaga qaytib kelishga ruxsat,
-me’yori rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash,
-ishga joylashtirilishiga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat.
Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”.
Deviant xulq-atvor yozilgan va yozilmagan me’yorlarga mos kelmaydigan har qanday xatti-harakat va faoliyatni nazarda tutadi. Ayrim jamiyatlarda an’analardan chetga chiqish jiddiy xato, nojo‘ya ish kabi keskin qoralangan. Masalan, ayrim jamiyatlarda inson sochining uzunligi ham, ko‘rinishi ham, xulq-atvori ham nazorat ostida bo‘ladi.
Deviatsiyaga qarshi kurash aksariyat holda his-tuyg‘ular, fikr va xatti-harakatlar turli- tumanligiga qarshi kurashga aylangan. Odatda, bu narsa hech qanday natija bermagan, ya’ni deviatsiya yanada yorqinroq ifodalanishi mumkin. Masalan, 80-yillarda yoshlar G‘arb modellariga taqlid qilgan, jamiyat bunga qarshi hech narsa qila olmagan.
Ko‘p jamiyatlarda deviant xulq-atvor nosimmetrik bo‘ladi: yomon to-monga og‘ish qoralanadi, yaxshi tomonga og‘ish qo‘llab-quvvatlanadi. Ja-miyatda odamlarning aksariyat qismi deviant bo‘lishi mumkin (bunga o‘g‘rilar ham, aldanganlar ham, ishga kechikkan, avtobusda bilet olmagan, mumkin bo‘lmagan yerda sigaret chekkanlar ham kiradi). Bunday sharo-itda me’yordan chetga chiqish miqdori yoki shakliga e’tibor berish kerak. Deviant xulq-atvor turlari ko‘p bo‘lib, ularga oddiy, elementar tartib bu-zishdan tortib katta jinoyatlargacha kiradi.
Tor ma’noda deviant xulq-atvor deganda qonunga qarshi bo‘lmagan me’yordan chetga chiqishlar tushuniladi.
Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘ri-nishlaridan hisoblanadi:

  1. jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati tufayli jinoiy faoliyat kelib chiqadi, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi;

  2. ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) Alkogolni ba’zida iste’mol qilish. 2) Alkogolni ko‘p iste’mol qilish – spirtli ichimliklarni muntazam, ya’ni haftada bir martadan bir ne-cha martagacha yoki birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p miqtorda (200 ml.dan oshiq) ichish. Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Al-kogolizm – spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik;

v) giyohvandlik. Giyohvandlik moddalari yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish va iste’mol qilish.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunda zid ravishda ishlab chiqarish hamda ular bilan savdo qilish qonun bilan taqiqlanadi.
g) byurokratiya. “Byurokratiya” iborasi “hokimiyatga ega bo‘lgan xodim” ma’nosini anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan “byurokratiya” ma-halliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik, mansabni suiiste’mol qilish kabi sal-biy ma’nolarda qo‘llanila boshlandi. Hozirgi kunda ko‘plab davlatlarda bu ibora asl ma’nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy salbiy us-lub tarzida tushuniladi.



    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin