Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi xususiyatlari



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə82/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvi xususiyatlari.


Hayotning ilk uchinchi yilida bolalar bog‘chasiga qabul qilinish boladan shu paytgacha shakllanib bo‘lgan yurish-turish stereotipini o‘zgartirishni talab qiladi. Ham bolaning sog‘ligi, ham har tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo bo‘lishini bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagoglar ta’lim muassasalari ishini takomillashtirish borasida yordam ko‘rsatishlari va bolalar hayotini har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur.
Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari:

    1. organizm barcha tizimlarining funksional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining nihoyatda tez sur’atidir;

    2. jismoniy va ruhiy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi;

    3. go‘dak hayotining birinchi yillarida kattalarning o‘rni.

Bola tug‘ma yurish-turish shakllariga ega emas va u ijtimoiy muhitda rivojlana turib uch asosiy komponentni: hudud (narsa-predmetlar, ulardan foydalanish vositalari), vaqt (kundalik tartib) va muomala shakllarini o‘zlashtiradi. Demak, bola tug‘ilishdanoq uning faolligi “bola- kattalar” munosabatlari ichida tartibga solinadi.
Yosh bolalar yurish-turishining xarakterli jihati yuqori hissiyotchanlikdir. Bolaning emotsional holati uning rivojlanishi va tarbiyalanganligi darajasiga bog‘liq. Atrof-muhit va odatiy hayot tarzining buzilishi birinchi navbatda emotsional holatnnng buzilishiga olib keladi.
O‘yin – bola faolligining asosiy va o‘ziga xos shaklidir. Bu o‘sayotgan bola organizmining tabiat, atrof-muhit ob’ektlari haqida ma’lumot yig‘ishga, kattalarga taqlid qilishga, faol harakat qilishga ehtiyojidir. O‘yin bolaning muhit bilan o‘zaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir. Shuningdek, o‘yinlarda bola bajara olmaydigan talablar qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o‘yin bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida bolaning yangi muhitga ko‘nikish shartidir.
Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning ta’lim muassasidagi bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilar ekanligini aytsak bo‘ladi:

      1. Adaptatsion bosqichning kechishini og‘irlashtiruvchi va bolalarning kasallanish darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash;

      2. Kompleks usullardan foydalangan holda adaptatsion bosqichning tahlili;

      3. Adaptatsion bosqich kechishini yengillashtiruvchi va qulay sog‘liq holatini saqlashga yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish.

Ijtimoiy adaptatsiya bolaning ruhiyatida qizg‘inlikni paydo qilmasdan iloji yo‘q. Buning ilk namoyon bo‘lish shakllari emotsinal holatning buzilishidir.
Ijtimoiy pedagog bolalarning ko‘nikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi tasnifga tayanishi lozim:


  1. Yüklə 4,45 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin