Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə83/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Yengil adaptatsiya – bolaning yurish-turishi 10-15 kun ichida me’yoriy holatga qaytadi. Bola MTMga qatnay boshlaganidan so‘ng bir oy o‘tgach, o‘zini me’yorda tuta boshlaydi.

  • O‘rta adaptatsiya – bolaning yurish-turishi yoki emotsional holatidagi o‘zgarishlar 15- 30 kun ichida me’yoriy holatga qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan bo‘lsa, keyinchalik u o‘z vaznini tiklab oladi. MTMga qatnay boshlashidan bir oy mobaynida bir marotaba yengil kasallikka chalinadi va 7-10 kun MTMga kelmasligi mumkin.

  • Og‘ir adaptatsiya shunda namoyon bo‘ladiki bolalarda tez-tez qaytadan kasal bo‘lish kuzatiladi va u kasalliklar ba’zi hollarda jiddiy tus olishi mumkin (bronxit, pnevmaniya). Bu holatda adaptatsiya bir oydan ziyod vaqtga cho‘ziladi, rivojlanish va sog‘liq ko‘rsatgichlarida noxush holatlar ham namoyon bo‘ladi.

    Adaptatsiyaning noxush holatlarini maksimal bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog 9oylikdan 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar mikro ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarni og‘ir o‘tkazishlarini inobatga olishi lozim. Shuningdek, adaptatsiya jarayonini oilaviy tarbiyaning quyidagi kamchiliklari ham og‘irlashtirishi mumkin:

    1. noto‘g‘ri ovqatlanish;

    2. bolani noto‘g‘ri belash;

    3. salbiy odatlar;

    4. yoshiga mos kelmaydigan ko‘nikmalar;

    Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak: tashxis, tayyorlov, amaliyot.
    Ijtimoiy-gigienik jihatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlarda emizikli va maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiya davrida bir qator muhim parametrlarni, ya’ni kasallanish, yurish-turish, ruhiy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerakligi ta’kidlanadi.

    Birinchi bosqich patronaji xaritasi:


      1. Ota-onasi haqida ma’lumotlar:

    1. otasi (F.I.Sh., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi);

    2. onasi (F.I.Sh., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi);

    3. onasida homilaning kechishi va bola tug‘ilishi.

    Yüklə 4,45 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   187




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin