Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə81/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Yengil adaptatsiya. Bola yurish-turishidagi buzilishlar muddati 20 kun bo’ladi. Bunda ishtahaning ham biroz pasayishi kuzatiladi. 10 kun mobaynida bola iste’mol qiladigan narsalar hajmi normasiga qaytadi, uyquning tiklanishi 7-10 kunda ro’y beradi, emotsional holat, nutq faoliyati va bolalar bilan o’zaro munosabatlar 15-20 kun ichida normallashadi.
Shu bilan birga kattalar bilan munosabatlar deyarli o’zgarmaydi, harakat faoliyati ham pasayadi. Bola adaptatsiya davrida kasallikka chalinmaydi.
O’rta og’irlikdagi adaptatsiya. Bola yurish-turishida barcha buzilishlar yaqqol namoyon bo’ladi va ularning muddati ancha uzoq. Uyqu va ishtaha 20-30 kunda normallashadi, mo’ljal olish faoliyatining buzilishi o’rtacha 20 kun davom etadi, nutq faoliyat 20-40 kungacha qayta tiklanmaydi. Emotsional holat bir oy mobaynida beqaror bo’lib turadi, harakat faoliyatining tiklanishi 30-35 kunda sodir bo’ladi.
Bu davrda ham kattalar bilan o’zaro munosabatlar buzilmaydi. O’rta og’irlikdagi adaptatsiya respirator indeksiyasi kabi kasalliklar paydo bo’lishi mumkin.
Adaptatsiyaning bu yo’nalishi bolalarda odatda 9 oylik yoshdan 1,5 yoshgacha qayd etiladi. Biroq agar bolalarda sog’liq bilan bog’liq muammolar bo’lsa yoki go’daklar uyida sog’lomlashtirish-tarbiya ishi yomon tashkil qilingan bo’lsa har qanday yoshdagi bolada bu holatlar qo’zg’atilishi mumkin.
O’rta og’irlikdagi adaptatsiya bolalarda bir guruhdan boshqa guruhga o’tkazilayotganda, statsionardan go’daklar uyiga kelib tushganda namoyon bo’ladi.
Og’ir adaptatsiya. Bu adaptatsiya turi muddatining uzunligi (2-6 oy va ko’proq) va barcha alomatlarining og’irligi bilan xarakterli hisoblanadi.
Organizmning ko’nikish imkoniyatlarining shakllanishi bola ruhiyatining emotsional- ijtimoiy va bilib olish sohasi bilan yaqin bog’liq hisoblanadi. Emotsional muvozanat va shu asosda shakllanadigan anglab olish faoliyatining yuqori darajasi yengil va muvafaqqiyatli adaptatsiyani ta’minlaydi.
Bolani ijtimoiy adaptatsiyadan xalos etish kerak ekan deb o’ylash noto’g’ri hisoblanadi. ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning adaptatsion imkoniyatlarini maqsadga muvofiq shakllantirish va mashq qildirishdir. Chunki bola o’z adaptatsion imkoniyatlarisiz o’zini turli ijtimoiy hodisalarda to’g’ri tuta olmaydi. Adaptatsion qobiliyatlarni mashq qildirishmasalasi go’daklar uyida bolalar hayotini tashkil qilishning eng muhim masalalaridandir. Bola yangi muhit sharoitlariga yengil adaptatsiya darajasida ko’nikishga intilish va adaptatsiyaning og’ir buzilishlariga yo’l qo’ymaslik lozim.



    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin