Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə85/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Amaliy
Sana

Ishta hasi

Uyqu uzunligi,
xarakter

hissiy holati

Katta larga munosa
bat

O‘yinchoq
larga munosabat

O‘zini tutishi

Tavsiyalar

Adaptatsiya varaqasida bolaning hissiy holati, uni ishtahasi, uyqusi inobatga olinadi. Shuningdek, unda kattalar, boshqa bolalar bilan munosabati, individual xususiyatlar ham qayd etiladi. Bu usuldan foydalanilganda adaptatsiya bosqichining tugashi deb shartli ravishda bola yurish – turishining normallashuvi olinadi.


Tayyorlov bosqichi o‘z ichiga ijtimoiy pedagog tomonidan muayyan vaziyat asosida qabul qilinadigan bir qancha chora-tadbirlarni qamrab oladi:

    1. Og‘ir adaptatsiya sabablarini aniqlash;

    2. Tuman pediatri, tibbiy xodimlar, psixolog, ta’lim muassasi tarbiyachilari bilan aloqa va hamkorlik o‘rnatish;

    3. Bolalarning MTM, bolalar bog‘chalariga kirishlaridan avval sog‘lomlashtirish chora- tadbirlarini nazorat qilish;

    4. Bolalarga ijtimoiy pedagogik yordam rejasini tuzish;

    5. Bolaning ta’lim muassasalarida yengil adaptatsiyasi uchun oilalar bilan aloqalar o‘rnatish; 6.Maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiyasi uchun ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy

ruhiy, tibbiy chora-tadbirlarni aniqlash.
Amaliy bosqich quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. Oila va ta’lim muassasasida bolaga bir xil yondashuvni shakllantirish;

  2. Oila bilan aloqalar – bolaning MTMga qatnay boshlaganida 3-4 kun mobaynida onasining ishtirok etishi;

  3. Axborot bazasining kengayib borishi;

  4. Bolalarni ruhiy-emotsional qo‘llab-quvvatlash.

Go’daklar uyida bolalar hayotini tashkil qilar ekan ijtimoiy pedagog unga sog’lomlashtirish ishining elementlarini qo’shishga harakat qilishi kerak.
ijtimoiy pedagog faoliyatining eng muhim yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:

  1. Bola rivojlanishining va sog’ligining optimal holatini ta’minlash.

  2. Bola bilan doimo muloqatda bo’ladigan kattalar tarkibining barqarorligini ushlab turish uchun 2 yoshgacha bolaga xizmat qiluvchilar sonini cheklab turish.

  3. 12-13 oylardan boshlab bolani unga doimiy xizmat qiluvchilar orqali boshqa qayta shaxslar, go’daklar uyining boshqa xonalari, haydovchilar, ko’cha transporti bilan tanishtirishi lozim.

  4. Bola hayotining 3 yoshda bolalarni go’daklar uyidan tashqariga ko’proq chiqarish kerak, maktab o’quvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qilish lozim.

Endigina go’daklar uyiga qabul qilingan bolalarning hayotiga kelsak, bunda avvalambor bola qayerdan kelayotganini (o’z oilasi yoki statsionardan) aniqlash va shu bilan birga bolaning shu paytgacha bo’lgan rejimini saqlab qolishi lozim. Ayniqsa ovqatlanish rejimini nihoyatda ehtiyotlik bilan o’zgartirish lozim: avvalambor ichimlik miqdorini 50-100 gramm ko’paytirish kerak va glyukoza qqo’shilgan qorishma berish ham maqsadga muvofiqdir. SHuningdek 15-20 kun mobaynida hech qanaqa sanchish protseduralarini ham o’tkazmaslik lozim.



  1. Bolani guruhdan guruhga o’tkazganda uni avvaldan (1-2 oy avval) yangi xonasi, bolalar, xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bilan tanishtirish kerak. YAngi guruhdagi ayniqsa ilk kunlarda bola e’tibor, mehrga muhtoj bo’ladi. Unga eski guruhidan o’zi bilan biror bir o’yinchoqni olib kelishga ham ruxsat bersa bo’ladi. Adaptatsion davr mobaynida rejimli o’zgartirish, emlash o’tkazishga ruxsat berilmaydi. Adaptatsiya varaqasi yoki guruh kundaligiga adaptatsion davrning yakunlanishini aniqlash uchun bolaning yurish-turishi, ishtaxasi, uyqusi haqidagi ma’lumotlarni qayd etib borish kerak.

  2. Go’dakning go’daklar uyiga oiladan topshirilishi ham bolaning maktabgacha tabiya muassasaga kirishi kabi tashkillashtiriladi. Biroq shuni yodda tutish lozimki, go’daklar uyiga kirishdagi vaziyat ancha murakkabdir. Bola uchun odatiy sharoitlar birdan o’zgaradi, u yaqinlaridan judo bo’ladi, o’zini hech kimga kerak emas deb hisoblaydi. Bu holatda stress juda kuchli namoyon bo’ladi va og’ir adaptatsion sindrom ham paydo bo’lishi mumkin. ijtimoiy pedagogning vazifasi bola bilan ko’proq shaxsan aloqa qilish, uning stress holati keltirib chiqargan yurish-turish buzilishlarini to’g’ri anglab yetish, bolaga bu og’ir sinovni yengishga harakat qilishdir.

Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish
Bolalar uylari yosh alomatlariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar uylari, maktab o’quvchilari bolalar uylari va turli yoshdagi bolalar uchun bolalar uylariga bo’linishi mumkin.
Bolalar uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Bolaning normal rivojlanishini ta’minlab beruvchi qulay sharoitlar yaratib berish;

  2. Bolalar sog’ligini saqlash;

  3. Bolaning ijtimoiy himoyasini tibbiy pedagogik va ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlash;

  1. Tarbiyachilar huquq va manfaatlarini himoya qilish;

  2. Bolalarning ta’lim dasturlarini o’zlashtirishi hamda shaxs, jamiyat, davlat manfaati yo’lida yetarli ta’lim olish;

  3. Tarbiyalanuvchilarning umumiy madaniyati, hayotga adaptatsiyasini shakllantirish:

  4. Tarbiyalanuvchilarning o’z-o’zini rivojlantirish va belgilab olishehtiyojlarini shakllantirish. Etim bolalarni qaramoqqa olish uchun maxsus muassasalar, yetimxonalar mavjud.

yetimxona faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, bu muassasa ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarning vaqtinchalik yashash joyidir. Ushbu muassasaning maqsadi qiyin hayotiy vaziyatlarda qolib ketgan bolalarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlash va keyinchalik ularni ijtimoiy institularga joylashtirish.
Mamlakatda ijtimoiy iqtisoiy vaziyatning o’zgarishi bu muassasalarning ko’pgina muammolari-bolalar ta’lim-tarbiyasi, adaptiv reabilitatsion muammolarni hal qilishga yangi yondoshuvlar ishlab chiqishni talab qiladi.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar tarbiyalanayotgan davlat qaramog’i muassasalari faoliyatining asosiy maqsadi bu muassasalardagi bolalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, tibbiy reabilitatsion xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, bolalarga ta’lim berishni tashkillashtirishdir.
Bolalar uyi davlat qaramog’idagi bolalarning eng tipik muassasasi hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarda keng qamrovli ijtimoiy, tibbiy, psixologik, pedagogik muammolarning borligi tufayli bolalar uyida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish zaruriyati tug’iladi.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin