Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo’lib, uning asosida yoshlik chog’ida salbiy tajriba to’planishligi bilan bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og’ishlarga olib keluvchi Yosh, jinsiy va individual xususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor maktabda yomon tayyorlanishgan bo’lishadi, uy vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi.
Bu esa ularning o’quv dezadaptatsiyasidan dalolat beradi. Maktab o’quvchisining dezadaptatsiyasi o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o’tadi: o’quv dekompensatsiyasi – bola bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida qayinchiliklra paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan
holat; maktab dezadaptatsiyasi – o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo’ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati; ijtimoiy dezadaptatsiya – bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi; bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining kriminallashuvi. Bolaning psixoijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda asotsial xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular: o’zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi; to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi; spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g’ayriaxloqiy hayot tarzi, otaonalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a ijtimoiy munosabatlar turi. SHafqatsiz muomala (haqorat) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi yoki unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi. Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.