Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Mikro faktorlar – bola ijtimoiylashuvining muhim faktori sifatida



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə59/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Mikro faktorlar – bola ijtimoiylashuvining muhim faktori sifatida.




Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash jamiyat oldidagi eng dolzarb masala sifatida qaralib, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun- qoidalarini muttasil izlaganlar. Ota-bobolarimiz azaldan bola tarbiyasi kamolotiga alohida e’tibor qaratganlar. Inson shaxsini ma’naviy kamolga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirilishi mumkinligini ta’kidlaganlar. Buning uchun esa shaxs ta’lim- tarbiyasi va rivojlanishiga jiddiy e’tibor qaratmoq lozimligini aytadilar. Shaxs - ta’lim tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi sifatida qaraladi. Shaxs - muayyan jamiyatning a’zosidir. Shaxsning har tomonlama kamol topishida va uning xulq-atvorida ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha ham bir xil bo‘lavermaydi. Uning xulqiga, munosabatlariga vaziyatlar, vositalar, ijtimoiy agentlar ham ta’sir etadi. Shaxsning kamolga yetishida, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida, nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega albatta. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, shu jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga, shu jamiyat ijtimoiy iqlimiga asoslanib kamol topadi. Va o‘z navbatida har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. O‘zining qobiliyati, o‘zining o‘rni, xarakteri, qiziqishi, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati, atrofga munosabati, menligi bilan farqlanadi. Rivojlanish kishidagi tabiiy, jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug’ma va egallangan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Jismoniy rivojlanish bu - o‘sishi, vaznning ortishi, sezgi a’zolarining mukammallashuvi, harakatlarni to‘g’ri boshqara bilish bilan bog’liq jarayondir. Ruhiy rivojlanishda esa bu - insondagi psixologik sifatlar belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o‘zgarishlar ro‘y berishidir. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi eng avvalo oilada u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani mukammal o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu turlicha faoliyatlarda yuzaga keladigan jarayondir. Bolalar egallashlari lozim bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy tajribalar kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida, turli xil vaziyatlarda muntazam amalga oshirilib boriladi.
Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshiga qarab izohlanadi. Jumladan, 3 yoshdagi kichik bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olgan holda ish tutiladi. Bola ulg’aygan sari uning mustaqilligi, ijtimoiy hayotga moslashuvchanligi oshib boradi. O‘z navbatida ta’lim- tarbiyaviy ishlarning mazmuni, vazifalari, vositalari, ijtimoiy agentlar, ijtimoiy muhitlar o‘zgaradi. Bolalarning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish asosan faol ish jarayonlarida ro‘y beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonlaridagi - faollik asosida faoliyatning har xil shakllanadi boshlaydi. Faoliyatlar bola hayotidagi bilim, ko‘nikma malakalarning ortib borishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan turli faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar bir vaqtning o‘zida o‘zlashtira olmaydilar. Ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida, uning yordamida sekin-asta egallab boradilar. Bolalar hayotidagi ilk faoliyatlarning eng oddiylari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, aqliy salohiyati, menligi, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Bolada dastlabki ijtimoiy moslashuvchanlik, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik sekin-asta rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi ham irsiyatga ham taqlidchanlik qobiliyatiga bog’liq. Bola tabiatida taqlidchanlik borligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bola hayotining ilk dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan har bir munosabati va narsa-buyumlar ishtirokida bajargan harakatlari asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin ijtimoiy faoliyatga olib kiradilar. Mana shu yo‘llar bilan bola faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradilar. Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, inson tarbiyasi uning kamoloti yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, oila instituti, ijtimoiy hayotda, sotsialiqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo‘ladi. Shaxs shakllanishida ta’sir etuvchi omillar mavjud. .Shaxsni shakllantiruvchi omillar Tarbiya bola hayotida yetakchi omil sifatida qaraladi, chunki bu to‘plangan ijtimoiy tajribani yetkazish uchun yosh avlodga ta’sir ko‘rsatishning maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktabda, turli xildagi ijtimoiy muhitlarda amalga oshirilib, faoliyatni, munosabatlarni tashkil etishga qaratilgandir. Shaxsning shakllantirishga ijtimoiy muhit, tabiiy muhit katta ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Uning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati, dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi. Tabiiy muhit bolada tabiiy boyliklarni muhofaza qilish, asrab avaylash, ulardan oqilona foydalanish, hayvonlarni, o‘simliklarni, suv havzalarini va hokazolarni muhofaza etishga jalb qiladi, tabiat bilan faol muloqotda bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi, bu esa o‘z navbatida bolaga har tomonlama ta’sir ko‘rsatib, uni shakllantiradi. Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy, yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, albatta ijtimoiy agentlari bilan. Ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu o‘z navbatida jamiyatning ma’naviy qiyofasi, munosabatlar, ta’sir etuvchi vositalar darajasiga bog’liq. Muhit deganda shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi borliq, olam voqelik, hodisalar, agentlar majmui tushuniladi. Muhit tushunchasi o‘zida geografikhududiy, ijtimoiy va mikro muhit yani oila instituti xususiyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o‘zida ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, MTT, maktab, do‘stlar, va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bu mikromuhitda bolani ijobiy va salbiy rivojlantiruvchi va inqirozga eltuvchi hodisalar mavjud. Agar bola mo‘tadil muhitda o‘sib, foydali faoliyat bilan shug’ullanmasa xulqida og’ishishlar ro‘y berishi mumkin Shuni ta’kidlash lozimki odob, axioq, xulqiy sifatlar, shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi. Ta’lim-tarbiya masalalari, ijtimoiy muhit, unda shaxsning shakllanish jarayonida alohida e’tiborga ega. Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta'siri g'oyat muhim. Ijtimoiy muhit abadiy emas, u inson umri davomida o‘zgarib boradi ijtimoiytarixiy qonuniyatlar ta’siri ostida yangilanadi. Oila muhiti

  • bola tarbiyasida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu bois, mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Ijtimoiy muhit insonning o‘sib borayotgan ongiga ta’sir etadi.

Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarbiya - biror maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, u muayyan darajadagi dastur g’oyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi. Xulosa qilib aytganda tarbiya bu - inson ziynati, shaxsni kamolotga eltuvchi yo‘ldir. Tarbiya uzoq davom etadigan va uzliuksiz jarayon bo‘lib, kishining umri oxirigacha davom etadi. Tarbiya bu bolaga ijtimoiy muhit orqali qilinadigan ta’sirlarning barchasidir. Inson bolasi qobiliyat bilan emas, balki biror bir qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lgan layoqat bilan dunyoga keladi. Layoqat “mudroq” holatda bo‘lib, uning uyg‘onishi - rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishni talab qiladi. Bu uyg’onish jarayoni aynan ijtimoiy muhitda sodir bo‘ladi, takomillashadi va bolaning komil shaxs sifatida kamol topishida, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida xizmat qiladi.



    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin