Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Mega faktorlar va ularning bola ijtimoiylashuviga ta’siri



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə57/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

11.1.Mega faktorlar va ularning bola ijtimoiylashuviga ta’siri.


Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama-qarshiliklardan iborat jarayondir. Bola o`z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat (o`yin, o`qish, sport turlariga qamda muloqatga kirishadi. Bu esa ularning ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga kelishidan tortib uning butun umri jarayonida yuqoridagi faktorlar (faoliyat va muloqat) bir-birini to`ldirib bola Shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. Bola rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi-bu qarama qarshilikdir. U tashqi va ichki ta'sirlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi ta'sirlarga insonni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyat kirsa, ichki ta'sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi. Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o`z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odamning ijtimoiy mavjudod


sifatida Shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak.
Shuning uchun pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va unga ta'sir etuvchi omillarni ham o`rganadi.
Inson hayoti davomida o`zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o`smirlik va o`spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo`ladi. Rivojlanish deb bola vaznining oshishi , suyak va muskul tizimining, tanosil a'zolarining, nerv-funktsional faoliyatining kamol topishi, aql zakovatining shakllanishiga aytiladi.
Shaxs rivojlanishi va kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bqlib, bunda nasl- irsiyat (biologik omil), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o`zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.
Biologik faktorlar. Biologik faktorlar deganda asosan, irsiyat nazarda tutiladi. Irsiyat deganda esa gen orqali ota-onalardan farzandlariga o`ziga xos xususiyatlarining o`tishi nazarda tutiladi. Irsiyat orqali bola organizmiga, nerv sistemasiga, hissiy organlariga ega bo`ladi. Bu insonni boshqa insonlardan ajratib turadigan tashqi faktorlardir. Irsiyat haqida gapirganda irsiy kasalliklar haqida unutmaslik lozim. Irsiy kasalliklarni tibbiy genetika o`rganadi. Lekin ushbu kasalliklar bolaning ijtimoiylashuvi jarayoniga ta'siri ijtimoiy tuqilishiga tashqi faktorlar ham ta'sir o`tkazadi. Masalan, havoning yoki suvning ifloslanishi sog`lom bolaning dunyoga kelishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Bunday Shaxslar uchun jamiyat bilan “muloqatga” kirishishga yordam beruvchi maxsus metodikalar mavjud.
Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o`tadigan biologik xususiyat va o`xshashliklar tushuniladi. Turli davrlardagi preformizm, bixeviorizm, progmatizm, biogenetiklar oqimlari Shaxsning shakllanishida biologic omilning roliga ortiqcha baho berishgan, rivojlanishni naslga bog`lashgan. Irsiyat mavjud va biologik omillarni inkor etib bo`lmaydi. Lekin irsiyatni mutlaqo o`zgarmas deb tushunmaslik kerak. Rivojlanishga naslning ta'siri deganda ota-onaga, ajdodlarga o`xshashlikni ifodalovchi biologik takrorlanishni tushunmoq kerak. M-n, tananing tuzilishi, sochning, ko`zning, terining rangi kabilar. Nerv faoliyati ko`rinishlari (xolerik, sangvinik, flegmatik, melonxolik) kabi fiziologik
xususiyatlar ham tug`ma o`tishi mumkin. Insonga xos xususiyatlar ham tug`ma o`tishi mumkin,lekin inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki layoqat bilan tug`iladi. Layoqat o`z holicha rivojlana olmaydi, uning uyg`onishi uchun qulay muhit kerak. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig`indisini tushunamiz. Bunga tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va boshqalar kiradi va ularning rivojlanishiga alohida ta'sir qiladi. Boladagi irsiy belgilarning o`sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog`liq buladi. «Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitga emas, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning biologik ko`rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, hatti-harakat bo`lmaydi. (Hindistondan topilgan Kamola, Amola hayoti bunga misol bo`la oladi)»
Ijtimoiy faktorlar. Individning shaxs sifatida shakllanishiga bitta irsiyatning o`zi kamlik etadi. Ijtimoiy faktor orqali individning ijtimoiy sub'ektga aylanishi insonning ijtimoiylashuvi, uning jamiyat bilan integratsiyaga kirishishi orqali amalga oshiriladi. Shaxsning ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi makro-(katta), mezo-(o`rta) va mikro (kichik) faktorlar mavjud.
Mezofaktorlarga milliy sifatlarning shakllanishi, hududiy sharoitlarning ta'siri, aholi tipi singarilar kiradi.
Mikrofaktorlarga oila, ta'lim muassasalari, tengqurlari guruqlari kiradi.
Makrofaktorlarga esa insonning ijtimoiylashuviga ta'sir etuvchi umumbashariy jarayonlar (ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, mamlakat va jamiyat hodisalari) kiradi.
Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o`tkazishi asosan ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi. U oilada, maktabgacha muassasada va maktabda ta'lim -tarbiya oladi. Inson kamolotida ta'lim - tarbiya yetakchi o`rin tutadi. Bola o`qish, yozishni, maxsus bilim, malaka, ko`nikmalarini egallaydi, ularda ilmiy dunyoqarash shakllanadi.



Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin