Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti “buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi



Yüklə 200,01 Kb.
səhifə14/19
tarix22.05.2023
ölçüsü200,01 Kb.
#119852
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
PULNING XALQARO MUNOSABAT.pptxiuy

  • O'zaro urushda ishtirok etayotgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi shu darajada yuqori ediki, ular xarajatlarni qoplash maqsadida emissiya qilingan qog'oz pullar oltin va boshqa qimmatbaho metallar bilan ta'minlanmagan edi. Shu tariqa ushbu davlatlar oltin standartidan voz kechdilar va o'zlarini bankrot deb e'lon qildilar. Urushda ishtirok etgan davlatlar ichidan faqatgina AQShda dollarning taklifi belgilangan me'yoridan orttirilmadi. O'z vaqtida boshqa davlatlarda devalvatsiyaning ortishi, o'zaro turli valyutaviy to'siqlarning yuzaga kelishi, bojxona tariflari va kvotalarining joriy qilinishi natijasida xalqaro savdo va investitsiya faoliyati izdan chiqdi, bu esa mamlakat pul tizimiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatdi. Inflyatsiya oqibatida Angliya fund, Frantsiya franki, Germaniya markasi oltinga nisbatan qadrsizlandi. Bu hoi keyinchalik dollarning ham oltinga nisbatan kursini tushishiga olib keldi. Ushbu vaziyatda dunyo pul tizimi inqirozga uchragan va dunyoning yetakchi ekspertlari va siyosatchilari iqtisodiy barqarorlikni ta'minlovchi oltin standartiga qaytish ustida bosh qotirayotgan edi.
  • Oltin quyma va oltin deviz standarti (1926 -1931 yy.) Birinchi jahon urushi natijasida jahon valyuta tizimi inqirozga uchragan edi. Urushdan keyingi davrga kelib, mamlakatlararo valyuta pul tizimini yolga qo'yish maqsadida oltin standartini joriy qilishning imkoniyatlarini ko'rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. O'sha davrda yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar ediki, Yevropa mamlakatlari pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan kelib chiqib, valyuta kurslari o'rtasidagi nisbatni pul taklifi va narxlar darajasiga bog'liq ravishda qaytadan o'matish kerak edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda flint sterling 4,86 dollarga teng bo'lgan oltin birligiga ayriboshlangan bo'lsa, urush so'ngida inflyatsiya oqibatida valyuta bozoridagi funt sterlingning kursi 3,50 dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlarni pullari ham shu tariqa qadrsizlangan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya oltin standartiga qaytadigan bo'lsa, funtning haqiqiy qiymati 3,50 dollar nisbatida belgilanishini talab etar edi. O'z navbatida oltin standarti amal qilishi uchun barcha davlatlar ushbu holatga rozi bo'lishi kerak edi.

Yüklə 200,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin