Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti “buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi


Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanishi



Yüklə 200,01 Kb.
səhifə12/19
tarix22.05.2023
ölçüsü200,01 Kb.
#119852
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
PULNING XALQARO MUNOSABAT.pptxiuy


:

Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanishi

  • Klassik oltin standarti (1815 -1914 yy.)
  • Jahon sivilizatsiyasining asrlar davomida rivojlanishi, dunyodagi turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarziga turlicha ta'sir ko'rsatdi. Shu nuqtai nazardan XIX asrni torn ma'noda g'arb sivilizatsiyasining oltin asri yoki klassik oltin standart hukmronligi asri deyishimiz mumkin. Bu davrda muomalada oltin bilan birga kumush ham to'lov vositasini bajargan, lekin mamlakatlar o'rtasidagi hisob-kitoblar oltinda amalga oshirilar va jahon mamlakatlari iqtisodiyoti oltin standarti ostida birlashgan edi.Mamlakatda amal qilgan milliy valyutalar (dollar, funt, frank va h.k.) esa, faqatgina belgilangan oltin qiymatini o'lchov birligi bo'lib xizmat qilgan. Masalan, dollarning nomlanishi-1/20 unsiya og'irlikka teng bo'lgan oltinni anglatgan, funt sterling nomi esa-oltinning 1 unsiya og'irligini anglatgan. Shundan kelib chiqib, ayirboshlash kurslari davlat ishtirokisiz qat'iy belgilangan baholarda amalga oshirilgan. Mamlakat milliy valyutalari o'lchov birligiga bog'liq ravishda bir-biriga doimo mos kelgan.
  • Ya'ni, 1 funt (o'lchov birligi) doimo 16 unsiyaga, xuddi shunday 1 funt sterling (oltin o'lchov birligi)-4.86 dollarga teng bo'lgan. Xalqaro oltin standarti insonlarga juda katta imkoniyatlar yaratgan va butun jahonda amal qiluvchi universal pul vazifasini o’tagan. AQShning rivojlangan va boy mamlakat darajasiga yetishining asosiy sabablaridan biri sifatida, dunyoning deyarli barcha davlatlarida dollarning to'lov vositasi sifatida amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buni iqtisodiyotning rivojlanishida mehnat taqsimotida, xalqaro kapital oqimida, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida va boshqalarda ko'rishimiz mumkin. Shuni qayd etish joizki,oltinni erkin iqtisodiyotda amal qilishi, barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent "maxsus tovar" sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning bu jarayonlardagi o'rni unchalik katta emas. Chunki, oltinni muomalaga chiqishi davlat ixtiyori bilan emas, balki bozor talabidan kelib chiqib belgilangan. Xalqaro oltin standartining amal qilishi mamlakatda sun'iy inflyatsiyani yuzaga kelishiga yo'l qo'ymasligi bilan birga, mamlakat to'lov balansining muvozanatini ta'minlagan

Yüklə 200,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin