Jahon banki tizimi oʻz tarkibiga yirik 2 ta tashkilotni: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) oladi. Ulardan tashqari unga 3 ta boshqa tashkilotlar ham bilvosita kiradi: Jahon banki bilan uyushgan, ammo huquqiy, moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyat koʻrsatuvchi — Xalqaro moliyaviy korparatsiya (XMK) (bu tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy korxonalarni moliyalashtirishga yordam beradi). Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi va Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlovchi agentlik (MIGA).
Xalqaro taraqqiyo tassotsiatsiyasini (XTA) mamlakatlar ka imtiyozli kreditlar berish bilan shugʻullanib, ular donor mamlakatlar tomonidan beriladigan xayriya mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi. Faoliyati Jahon banki dunyodagi kapital, qimmatbaho qogʻozlar bozorlarining asosiy mablagʻ oluvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, bank bir qator mamlakatlardan obligatsiya zayom sotish orqali togʻridan-togʻri qarz oladi, yigʻilgan mablagʻlar qoloq mamlakatlarning taraqqiyoti yoʻlida ishlatiladi va ularga imkoniyati darajasidagi past foizlar hisobida beriladi.
Jahon Banki
Jahon banki kredit olish, uni qaytara olish darajasida boʻlgan mamlakatlar uchun mablagʻlarni mujassamlaydi. Ammo, boy mamlakatlarga yoki alohida shaxslarga jahon banki tomonidan kredit berilmaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining jon boshiga yalpi mahsulot $1200 atrofida boʻlgan taqdirda ular Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan kredit olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu kreditlar 12-15 yil ichida qoplanishi lozim. Ikkinchi tomondan, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) kreditlarni qoloqroq mamlakatlarga, yaʼni ulardagi yalpi milliy mahsulot jon boshiga 800 dan kam boʻlgan mamlakatlarga beradi (asosan XTA tomonodan berilayotgan kreditlarning 80 %ini hozirgi vaqtda aholi jon boshiga $700 dan kam boʻlgan mamlakatlar oladi). Bu kreditlar boʻyicha foizlar olinmasdan, koʻpgina hollarda ular 35-40 yillar oraligʻida toʻlash sharti bilan beriladi.Jahon banki oʻz faoliyatini rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarga texnik loyihalarni, iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish jihatdan yordam berish orqali bu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi.