Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti “buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi



Yüklə 200,01 Kb.
səhifə6/19
tarix22.05.2023
ölçüsü200,01 Kb.
#119852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
PULNING XALQARO MUNOSABAT.pptxiuy

Xalqaro valyuta jamg'armasi

  • Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o’z ichiga ko'plab xalqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning ayrimlari yirik moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo'lib, dunyo iqtisodiyoti va moliya-kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari hukumatlararo moliyaviy masalalarni muhokama etish, moliya-kredit siyosati bo'yicha tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko'rsatish bilan shug'ullanadi. Yana boshqalari axborot yig'ish, muhim valyuta-kredit va moliya muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.Bu institutlarning asosiy maqsadi-xalqaro va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, yumshatish hamda ularning o'zaro hamkorligini ta'minlashga qaratilgandir. Dunyoda global ahamiyatga ega bo'lgan xalqaro moliyaviy institutlar tarkibiga BMTning xayrxohligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti kiradi. Bular ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlaridir. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning faoliyati bilan bog'liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etadi.

Xalqaro valyuta jamg’armasi

  • Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi xalqaro tashkilot boʻlib, makroiqtisodiy siyosat yurgizadi, butun jahon moliyaviy tizimini nazorat etadi. Uning maqsadlariga xalqaro valyuta kurslarini barqarorlashtirish, iqtisodiy qoidalarni liberallashtirish shartlari bilan aʼzo mamlakatlarga qarz, moliyaviy yordam berish kiradi. Shtab-kvartirasi Vashington shahrida joylashgan. XVJ'ni baʼzilar taʼsiri haddan oshiq katta, deb tanqid qilishadi. Xalqaro valyuta fondi, XVF-BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944-yilda BrettonVuds (AQSH) da oʻtkazilgan xalkaro valyuta moliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan. 1947-yil mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Shtab kvartirasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari: ● maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish;
  • ● xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish;
  • ●valyuta kurslarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish;
  • ●koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish;
  • ●aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqdorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish.

Yüklə 200,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin