Bank uchun xususiy sektor rivojlanishi, xususiylashtirish jarayoni, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, moliya muassasalari hamda sanoat sektorini tashkil etish va mustahkamlash, kichik biznesni rivojlanishini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor loyiha va dasturlar bo’lib hisoblanadi. Bank xususiy va xususiylashtirilgan korxonalar taklifi, homiylar salohiyati yuqori bo’lishi va biznes rejalarining ishonchli bo’lishini talab qiladi. Boshqa rivojlanish banklaridan farqli ravishda ETTB siyosiy tuzilmalarni kreditlashda ishtirok etmaydi va xususiy sektorni qo’llab-quvvatlash va loyihaviy moliyalashga ixtisoslashgan. Bank taqdim etadigan kreditining eng kam miqdori 5 mln. evroni tashkil etadi. Foiz stavkalari asosiy bozor stavkasi (odatda, LIBOR) va marjadan tashkil topadi. Kreditlar bo’yicha foiz suzib yuruvchi (svop operatsiyalarini qo’llagan holda) yoki qat’iy stavkalarda belgilanadi. Marja miqdori kredit shartlaridan kelib chiqadi.
Osiyo taraqqiyot banki
ETTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar soni 2000-2021 yillarda 265 tadan 352 tagacha ortgan. 2021 yilda ETTB tomonidan amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 12,9 mlrd.evroni tashkil etgan. Xususan, 2021 yilda ETTB tomonidan ajratilgan mablaglarning 38% moliya sektoriga, 27% korporativ sektorga, 17% infratuzilma sohasiga va 18% energetika sohasiga yo’naltirilgan.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB)-1966 yilda tashkil topgan va unga 57 ta mamlakat (41 ta hududiy va 16 ta hududdan tashqari mamlakatlar) a’zo. OTB ga a’zolik BMTning Osiyo va Tinch okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha komissiyasidagi barcha mamlakatlar va Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlari (agar ular BMT yoki uning ixtisoslashgan agentliklariga a’zo bo’lsalar) uchun ochiq. A’zolikda mavjud bunday keng imkoniyatlar OTBda Osiyo mintaqasidan tashqari mamlakatlar ulushining ortishiga olib keldi, ularga bank aktsiyalarining qariyib 37% i va ovozlarining 35% i to’g’ri keladi.