Ushbu bank fors ko’rfazi mamlakatlarining neft daromadlari hisobiga tashkil etilgan ilk moliyaviy institutdir. 1973 yil dekabrda musulmon davlatlari Moliya vazirlari Konferentsiyasida Islom Taraqqiyot Banki bo’yicha kelishuv imzolandi va 1975 yil oktabrda bank o’z faoliyatini boshladi. Bankning asosiy maqsadi qilib a’zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qilish belgilandi. Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda mamlakatimizning eng yirik va rivojlangan banklari chet el banklari va boshqa xalqaro moliya-kredit tashkilotlari kredit yo’nalishlari orqali loyihalarni moliyalashtirishda jonbozlik ko’rsatmoqdalar jumladan, xalqaro moliyaviy institutlar mablag’lari hisobiga kichik va xususiy tadbirkorlik investitsiya loyihalari, shuningdek, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilmalarni zamonaviylashtirish va tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish orqali mamlakatda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirishga, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarni yanada rivojlanishini ta’minlashga erishilmoqda va natijada milliy iqtisodiyot rivojlanishi tezlashishiga ma’lum ma’noda erishish imkoniyati yaratilmoqda.
Xalqaro valyuta jamg'armasi
Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) jamg'armaga a'zo mamlakatlaming valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish va ularning to'lov balansi defitsitini qoplash uchun xorijiy valyutada qisqa, o'rta va uzoq muddatga kredit berish bilan shug'ullanadi.Jamg'arma BMTning rasmiy ixtisoslashgan muassasasi statusiga ega. U dunyo valyutasining institutsional asosi sifatida faoliyat yuritadi. XVJ BMTning 1944 yil 22 iyulda AQShning Bretton-Vudse shahrida o'tkazilgan xalqaro valyuta-moliya munosabatlariga bag'ishlangan konferensiyasida ta'sis etilgan.Konferentsiya XVJning Kelishuv moddalarini qabul qildi. Ushbu hujjat 1945 yil 27 dekabrdan kuchga kirdi. Jamg'arma o'z faoliyatini 39 a'zo-mamlakat bilan 1946 yil mayda boshladi, valyuta opertsiyalari faoliyati bo'yicha operatsiyalari 1947 yil 1 martdan kuchga kirdi. Sobiq ittifoq Bretton-Vudse konferentsiyasida ishtirok etdi, biroq Janub va G'arb o'rtasidagi "sovuq urush" tufayli jamg'arma kelishuvlarini ratifikatsiya qilmadi.XVJga a'zo mamlakatlar soni 2021 yilda 194 taga yetdi. Jamg'armaning bosh ofisi Vashingtonda joylashgan, shu bilan birga Bryussel, Parij, Jeneva va Tokioda ofislari, Nyu Yorkda BMT huzurida vakolatxonasi mavjud.