Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Birlashgan millatlar tashkiloti(BMT)ning Osiyo va Tinch Okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasiga a’zo davlatlarning tashabbusi bilan 1966 yilda asos solinib, Osiyo va Tinch Okeani hududida joylashgan davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko’maklashishni nazarda tutadi. 1966 yil Manilada o’tkazilgan Osiyo iqtisodiy hamkorligi bo’yicha Konferensiyada, Osiyo taraqqiyot bankiga asos soluvchi Bitim qabul qilindi va u 1966 yil dekabr oyidan kuchga kirdi. Bank OTBga a’zo mamlakatlarga iqtisodiy rivojlanish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy va texnik yordam ko’rsatadi. O’zbekiston 1995 yil 31 avgustda OTBning to’liq a’zosi bo’ldi. OTB O’zbekiston Respublikasida o’z faoliyatini ravnaqini quyidagi yo’nalishlarda ko’rmoqda:
- Kambag’allikni kamaytirish va atrof muhitni qo’riqlash.
Osiyo taraqqiyot banki
Osiyo taraqqiyot banki bilan faol, rejali moliyaviy va texnik jihatdan hamkorlikni tashkil etish hamda OTB liniyasi bo’yicha moliyalashtirish uchun taklif etilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 16 yanvar 27-f-sonli farmoyishiga asosan OTB bilan hamkorlik qiladigan muassasalararo komissiya tuzilgan. Mazkur farmoyishda belgilanganidek, OTB faoliyati O’zbekistonda asosan qishloq xo’jaligi, infratuzilmani qayta qurish (temir yo’llar, avtomagistral), tog’-kon sanoati, gaz quvurlarini o’tkazish, turizmni rivojlantirish, sog’liqni saqlash va ekologiya, iste’mol mollarini ishlab chiqarish va bank tizimini rivojlantirishga yo’naltirilgan. Misol uchun, 2003 yil sentyabr oyida O’zbekiston Islom Taraqqiyot Banki (IsTB) ga a’zo bo’ldi. Bugungi kunda hukumatimizning «Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq amaliy ishlar olib borilmoqda. Islom Taraqqiyot Banki davlatlararo kredit tashkiloti sifatida tashkil etilgan bo’lib, unga musulmon davlatlari a’zo hisoblanadi.