Bu vazifalar bankining asosiy uzoq muddatli vazifasi hisoblanadi.Oxirgi yillarda bank oldingi yillardagi tajribalariga tayangan holda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish bosqichlari darajalarini inobatga olib, loyihalarni tanlash jarayonida asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloq qatlamlarini qamrashga, ularning taraqqiyot darajalarini oshirishni nazarda tutgan holda olib borilyapti.Shuning uchun ham, Bank tomonidan texnik va moliyaviy jihatdan yordam berish va moliyalshtirish jarayonida BMT tomonidan belgilangan dastuga asosan ham texnik yordam beruvchi, ham loyihani ijro etuvchi sifatida qatnashadi.
Bank tomonidan tanlanadigan loyiha, ularning yoʻnalishlari milliy mamlakatlar, ularning mahalliy hokimiyatlari, boshqa tegishli tashkilotlar bilan har tomonlama kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bank kredit ajratish jarayonida oʻz mutaxassislari ishtirokida kredit oluvchi mamlakatlarning iqtisodini sinchkovlik bilan tahlil etish asosida qaysi sohaga asosiy eʼtibor berish yoki qoʻyilmalarni joylashtirish borasida u yoki bu sohani tanlash imkoniyatidan foydalaniladi. Bunday tahlitda ish yuritish ushbu malakatlarning asosiy muammolari yechimida qatnashib, uning rivojlanishiga yordamlashishni nazarda tutadi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
XTTBning resurslari ikkita manba:
birinchisi, aksiyadorlarning kapitali (6 foiz atrofida) hisobidan;
ikkinchisi, xalqaro moliya bozorlarida aksiyalarni joylashtirish orqali (95 foizga yaqini) shakllantiriladi. Tashkiliy jihatdan XTTB aksiyadorlik jamiyati tamoyili asosida tashkil etilgan. XTTBda aksiyadorlarni ovoz berish soni ularning ustav kapitalidagi ulushi doirasida aniqlanadi. XTTBda asosiy ovoz berish huquqi AQShga (16, 8%) tegishli, bu AQShga bankda qabul qilinayotgan qarorlarga veto qo'yish huquqini ta'minlaydi, qarorlarni qabul qilinishi uchun umumiy aksiyadorlarning 85 foizi ovoz berishi lozim bo'ladi. Ovozlar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda Yaponiya (8%) turadi, shuningdek Germaniya (4,6%), Buyuk Britaniya va Fransiya (4,4% dan) mamlakatlari sezilarli ovozlar soniga ega.XTTBning boshqaruv organi Boshqarav kengashi va Direktor (ijrochi organ) dan iborat bo'lib, Boshqaruv kengashi tarkibi unga a'zo mamlakatlar moliya vaziri yoki markaziy banki boshliqlaridan tashkil topadi. Boshqaruv kengashi har yili bir marta yig'ilib tegishli qarorlarni Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan kelishgan holda qabul qiladi
Bank siyosiy o'yinlardan holi emas, u tashkil topgandan buyon amerika fuqarosi bo'lgan shaxslar tomonidan boshqarib kelinmoqda.XTTB tashkil topganda unga 38 mamlakat a'zo bo'lgan bo'lsa, 2004 yil iyun oyida ularning soni 184 taga yetgan. XTTBning asosiy faoliyati investitsion loyihalarni kreditlashga qaratilgan.XTTBning 1950-60 yillarga qadar asosiy maqsadi a'zo-mamlakatlarning xalq xo'jaligini tiklashga qaratilgan bo'lib, 1960 yillardan so'ng ijtimoiy loyihalarni kreditlash masalasi birinchi darajaga ko'tarildi. Buning asosiy sababi ko'pchilik mamlakatlarda iqtisodiy o'sish sura'tlari barqaror ko'rsatikichga ega bo'lsada, boy va kambag'allar o'rtasida farq oshib borish tendentsiyasi mavjud bo'lib, bu esa o'z navbatida turli ijtimoiy ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab bo'lar edi. Shu bois, XTTB o'z kreditining asosiy qismini aynan shu muammolarni hal qilishga yo'naltira boshladi.XTTB dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv, shuningdek turli iqtisodiy inqirozlar natijasida kreditlash tamoyillarini va siyosatini doimiy ravishda takomillashtirib o'zgartirib borishga majbur edi.
Nazorat uchun savollar
1. Xalqaro moliya institutlarining zarurligi va turlari, Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi ularni maqsadi vazifalarini yoritib bering?
2. Mintaqaviy rivojlanish banklarini, Xalqaro moliya institutlarining zarurligini, Xalqaro moliya institutlarining turlarini, Xalqaro valyuta fondi: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalarini tushuntirib bering?
3. Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari. Mintaqaviy rivojlanish banklarini vazifalari va aktiv operatsiyalarini yoritib bering?
4. Evropa ta’mirlash va taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalari hamda Osiyo taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalarini, Islom taraqqiyot banki: tashkil topishi, maqsadi, boshqaruv tizimi, resurslari va aktiv operatsiyalarini yoritib bering?