Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti “buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi


Ta'minlanmagan qog'oz pullar (1931 -1945yy.)



Yüklə 200,01 Kb.
səhifə17/19
tarix22.05.2023
ölçüsü200,01 Kb.
#119852
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
PULNING XALQARO MUNOSABAT.pptxiuy

Ta'minlanmagan qog'oz pullar (1931 -1945yy.)

  • 1931 yilda Yevropa mamlakatlarida inflyatsiya darajasi yuqoriligidan Fransiya "qattiq pul" siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotda yig'ilgan funt sterling o'rniga oltin ayirboshlashni talab qilishi Yevropa banklarini bankrot bo'lishiga olib keldi. Bu esa Buyuk Britaniyani butunlay oltin standartidan voz kechdi. Buning natijasida barcha Yevropa mamlakatlari o'zini bankrot deb e'lon qildilar.
  • Ta'minlanmagan qog'oz pullar (1931 -1945yy.) Birinchi jahon urushidan keyin amaldagi oltin standarti pul tizimi o'zining hususiyatini yo'qotib, davlatlar klassik oltin standartini saqlab qolish maqsadida turli choralarni qo'lladi. Lekin yigirmanchi asrning 30 yillarida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida yuzaga kelgan moliya­viy tartibsizliklar oqibatida muomalada oltin standartini amal qilishini butunlay to'xtadi. Mamlakatlar iqtisodiyotidagi inqiroz tobora chuqur-lashib, ishsizlik darajasi ortib bormoqda edi. Xalqaro iqtisodiy muno-sabatlarda davlatlar o'z manfaatlarini himoya qilish maqsadida turli valyuta cheklovlarini o'rnatish, milliy valyutalarni devalvatsiyalash, savdo va valyuta ustidan nazoratni kuchaytirish orqali o'zaro iqtisodiy va moliyaviy urush olib borishdi. Iqtisodiyotda to'g'ri va egri suzib yuruvchi valyuta kurslari yuzaga keldi92.

Ta'minlanmagan qog'oz pullar (1931 -1945yy.)

  • Xalqaro savdo va investit-siyalarni to'xtab qolishi natijasida o'zaro savdoni amalga oshirish uchun xukumatlar ishtirokida tuzilgan bitimga ko'ra tovarlar barter qilindi. AQSh davlat kotibi Kordell Xoll ushbu holatga izoh berib, "Ikkinchi jahon urushining asosiy sababi 30 yillarda yuzaga kelgan moliyaviy va iqtisodiy kelishmovchiliklar" - deya ta'kidlagan edi.93 AQShda oltin standartini amal qilishi Yevropaga nisbatan ikki yilga cho'zildi. 1933 - 1934 yillarda AQShning, "turg'unlikni oldini oladi" - degan teskari siyosati tufayli oltin standarti amaliyotda to'xtatildi. Amerika fuqarolariga mamlakatda (shu jumladan xorijda) oltinni ishlatish, olib yurish man etildi va dollarli hisob - kitoblarni oltin bilan so'ndirish ta'qiqlandi. Lekin, 1934 yildan keyin ham AQShda oltin standartining o'ziga xos yangi shakli amal qildi. Unga asosan qadrsizlangan dollar 1/35 unsiya oltinga tenglashtirilib, oltin bilan chet el hukumatlari va banklar talablari qondirilgan. Dollarning oltinga oz bo'lsada bog'liqligi va Yevropadagi tartibsizliklar hisobiga AQShga kirayotgan oltin hajmi yanada ortdi.

Yüklə 200,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin