O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI
TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARUV KAFEDRASI
ELEKTRON ASBOBLAR VA INTEGRAL SXEMALAR FANIDAN AMALIY ISHLARINI BAJARISH BO’YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
Qarshi-2023
“Elektron asboblar va integral sxemalar” fanidan amaliy ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar /Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti /Qarshi, 2023, 100b.
Tuzuvchilar: S.N.Xusanov-QaRMII “TJAvaB” kafedrasi PhD dotsenti
Sh.Xudayqulov-QaRMII “TJAvaB” kafedrasi assistenti
Taqrizchilar: O.Shukurova - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqotlar universitetining Qarshi irrigatsiya agrotexnologiyalar instituti dotsenti, PhD.
M.A.Ochilov- QarMII “TJAvaB” kafedrasi v.v.b dotsent
Uslubiy ko’rsatma kunduzgi bo‘lim, 60711200-"Elektronika va asbobsoszlik" ta’lim yo‘nalishining 2-kurs (3-4-semestr) talabalariga mo‘ljallangan.
Uslubiy ko‘rsatmada « Elektron asboblar va integral sxemalar » fanidan amaliy ishlarini bajarishga doir ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, Elektr qurilmalari shartli ravishda yuqori va past kuchlanishlarga bo‘linadi. Faza simi bilan yer orasidagi kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalar past kuchlanishlarga kiradi va bunday qurilmalarda ishlashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish kerakligini o‘rgatadi.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasining 2023 yil __ _____dagi ___- sonli, “Elektronika va Avtomatika”fakulteti Uslubiy komissiyasining 2023yil __ ______dagi ___- sonli, institut Uslubiy Kengashining 2023 yil __________dagi ___- sonli yig’ilishlarida ko‘rib chiqilib tasdiqlangan va o‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
Kirish
Ma’lumki elektr toki o‘tayotgan ochiq simlar, uzgichlar yoki metall qismi yerga ulanmagan elektrotexnika qurilmalariga qo‘l bilan tegilsa kishi hayoti uchun xavfli hodisa ro‘y berishi mumkin. Odam tanasi elektr tokining o‘tishiga ma’lum qarshilik ko‘rsatadi va uning qiymati odamning ayni vaqtdagi holatiga (tetiklik, asab sistemasining ishi, terining namligi va chuqurligi va hokazo) ko‘ra har xil bo‘ladi. Агар odam tanasining ustki qismi (terisi) jarohatlanmagan, namlanmagan (quruq) bo‘lsa, uning qarshiligi 40000-300000 Om, jaroratlangan nam holatda bo‘lsa u keskin kamayadi va bir necha yuz Omga teng bo‘ladi. Kishi tanasidan o‘tadigan tok kuchi Ie =U/RGformula bo‘yicha ifodalanadi vauning qiymati 0,01-0,015 A bo‘lsa hayot uchun xavfli,0,08 A dan ortishi esa o‘limga olib keladi. Kishi tanasidan o‘tadigan kichik tok ham davomli bo‘lsa o‘lim xavfi sodir bo‘lishi mumkin. Shu sababli tok ta’siridagi odamga beriladigan tez yordam uni tokdan ajratish bilan boshlanishi zarur. Bunda ulab – uzgichlardan foydalanish imkoni bo‘lmasa, uni tok manbaidan uzish yoki darhol yog’och dastali tesha yoki bolta bilan tokli simni chopib tashlash, bo‘lmasa biror matodan izolyatsiya sifatida foydalanib, jabrlanuvchini tokdan ajratish kerak. So‘ngra 4-5 daqiqa o‘tmasdan jarohatlangan kishiga sun’iynafas berilishi kerak.Odamdan o‘tadigan tokning qiymati badan (asosan – teri qatlami) qarshiligidan tashqari, oyoq kiyimi va pol materialining qarshiliklari bilan aniqlanadi.
Elektr qurilmalari shartli ravishda yuqori va past kuchlanishlarga bo‘linadi. Faza simi bilan yer orasidagi kuchlanish 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalar past kuchlanishlarga kiradi va bunday qurilmalarda ishlashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak. Hamda quruq xonalar uchun 36-40 V, nam xonalarda esa 12 V kuchlanish inson hayoti uchun xavfsiz hisoblanadi. Boshqarish va axborotni qayta ishlash elektronqurilmalari o`zida ma`lum axborotni aks ettiruvchi elektrsignallariniuzatadi, o`zgartiradi, saqlaydi va qayta ishlaydi. Bu elektron qurilmalarga diskret (diod, tranzistor va hokazo) elementlarda yoki integral mikrosxemalarda ishlangan generatorlar,kuchaytirgichlar, impul`s shakllantiruvchilar, hisoblagichlar, registrlar, optoelektron qurilmalar va hokazolar kiradi.
1-AMALIY ISH
Dostları ilə paylaş: |