Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org
6. Yirik shartnomalarni qoʻlga kiritish imkoniyati. Kompaniyalar
birlashgandan soʻng yangi vujudga kelgan kompaniyada yirik shartnomalar,
xususan, davlat xaridi boʻyicha yuqori miqdordagi shartnomalarni
qoʻlga kiritishda raqobatchilar bilan raqobatlashish imkonini
beruvchi quvvatlar, ya’ni birlashgan kompaniyalarning hech biri
mustaqil ravishda ega boʻla olmaydigan imkoniyat paydo boʻladi.
Bunday shartnomaga ega mavjud quvvatlardan maksimal
foydalanishni ta’minlaydi va keng masshtabli faoliyat yuritish
imkonini beradi. Yirik transmilliy korporatsiyalar ham oʻz
manfaatlarini turli xil bosim oʻtkazish yoʻllari bilan himoya qilish va
bu orqali yanada qudratli boʻlish uchun yetarlicha iqtisodiy asosga ega
boʻladi.
7. Oʻzaro raqobatni chetlab oʻtish va monopoliya oʻrnatish imkoniyati. Bir xil tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro
birlashishi oshkora yoki yashirin tarzda raqobatni chetlab oʻtish va
monopoliyaga erishish imkoniyatini yaratadi va natijada bozorda katta
ta’sirga ega boʻladi. Bu oʻz navbatida, monopoliyagacha yetib
boradigan turli nomukammal raqobat modellari hukm suradigan
sharoitlarda (ayniqsa, yopiq mintaqaviy bozorlarda) muhim ahamiyat
kasb etadi. Chunki, bu holat narxlar boʻyicha raqobatni chetlab oʻtish
imkonini beradi.
8. Faoliyatni diversifikatsiyalash imkoniyati. Faoliyat koʻlamini
ham tovarlar va xizmatlar boʻyicha, ham hududiy nuqtai nazardan
diversifikatsiyalash oʻzaro birlashgan kompaniyaning umumiy
risklilik darajasini kamaytiradi va faoliyat doirasini kengaytiradi. Bu
oʻz-oʻzidan, turli sohalarga ixtisoslashgan kompaniyalarni oʻzaro
birlashishga undaydi. Diversifikatsiyalash daromadlar oqimini
barqarorlashtirish imkonini beradi. Birlashish natijasida kompaniya
aktivlari ortadi, bu esa operatsiyalar koʻlamini kengaytirish va mavjud
vositalarni tezkorlik bilan qayta taqsimlash imkoniyatini beradi.
9. Qoʻshimcha axborotlarni qoʻlga kiritish imkoniyati.
Axborotning bugungi kunda biznes olamidagi ahamiyati yuqoriligidan
- 324 -
kelib chiqqan bir kompaniyaning boshqasi bilan birlashishi aktivlarni
birlashtirish bilan birga qoʻshimcha axborotga ega boʻlish imkonini
beradi. Bu holatni axborotlar birlashishi sifatida ham koʻrish baholash
mumkin.
10. Kompaniyaning bozor bahosi bilan uning aktivlari oʻrtasidagi salbiy tafovutdan foydalanish imkoniyati. Ba’zi hollarda yangi korxonani
tashkil etgandan koʻra mavjud korxonani xarid qilgan afzal
hisoblanadi. Qoʻshib olish rejalashtirilgan kompaniya bozor
bahosining uning aktivlari qiymatidan sezilarli darajada past boʻlgan
holatlarda mazkur amaliyot koʻp qoʻllaniladi. Kompaniyaning bozor
bahosi va uning aktivlari qiymati oʻrtasidagi tafovut sotib olinadigan
firmaning bozor bahosi va balans qiymatining oʻzaro farq qilishidan
kelib chiqadi.
11. Kompaniyaning likvidatsion qiymati bilan aktivlar qiymati oʻrtasidagi tafovutdan foydalanish (boʻlib-boʻlib sotish) imkoniyati.
Koʻpincha, kompaniyaning likvidatsion qiymati uning joriy bozor
qiymatidan yuqori boʻladi. Mazkur holatda kompaniya aktivlari
qiymati likvidatsion qiymatdan yuqori boʻlishi ham mumkin. Shundan
kelib chiqqan holda sotib oluvchi firmani uning bozor qiymatidan
ancha yuqori narxda sotib olsa-da, kelgusida uni boʻlaklarga boʻlib
sotishi va bundan foyda olishi mumkin. Bunda ikkinchi bir holat ham
mavjud boʻlib, bir kompaniyaning ma’lum bir ulushini sotib olgan
holda uni qisqa muddatda bankrotga uchratish va keyinchalik toʻla
egaliklik qilish orqali boʻlib-boʻlib sotish holati ham uchraydi.
12. Qoʻshib olinishdan himoyalanish imkoniyati. Bu jihatni
rivojlanayotgan davlatlarda koʻp uchratish mumkin. Ya’ni,
rivojlangan davlatlardagi xorijiy kompaniyalar rivojlanayotgan
davlatlardagi kompaniyalarni oʻziga qoʻshib olishga intiladi. Mazkur
holatning oldini olish maqsadida mahalliy kompaniyalar oʻzaro
birlashish orqali tashqi qoʻshib olishdan himoyalanishga intiladi.
Yuqoridagilarga qoʻshimcha sifatida aksariyat amalga
oshiriladigan birlashish yoki qoʻshib olishlarning asosida yangi
mahsulot turlarini ishlab chiqarish, yangi texnologiyalarga kapital
kiritishda tejamkorlikka erishish, haddan tashqari koʻp sonli
- 325 -
boshqaruv xodimlari faoliyatini yuritish uchun ajratiladigan ma’muriy
xarajatlarni qisqartirish orqali tejamkorlikka erishish imkoniyatlarini
ham keltirish mumkin.
Kompaniyalar birlashishi va qoʻshib olishlarining oʻziga xos
kamchiliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- har ikkala kompaniya aksiyadorlarining roziligi talab qilinishi;
- qoʻshimcha moliyaviy xarajatlarni talab qilishi;
- kompaniyani notoʻgʻri baholash bilan bogʻliq yuqori darajadagi
risklar;
- bitim amalga oshirilgandan soʻng xodimlar bilan bogʻliq
muammolarning yuzaga kelishi;
- transchegaraviy birlashishlar natijasida korporativ madaniyatlarning
oʻzaro mos kelmasligi va boshqalar.