Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Korporativ birlashishlar va qoʻshib



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə61/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Korporativ birlashishlar va qoʻshib
olishlarning iqtisodiy mohiyati va bozor iqtisodiyoti
sharoitidagi ahamiyati
Birlashish va qoʻshib olishlar (Mergers and Acquisitions, M&A),
shuningdek, korporativ miqyosda qayta tarkiblash bugungi kun
korporativ moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismiga aylanib
ulgurdi. Bu borada har kuni butun dunyo miqyosida qator bitimlar
tuziladi va tuziladigan bitimlar asosida ikki kompaniya yanada
yirikroq kompaniyani tashkil etish maqsadida oʻzaro birlashadi.
Bundan tashqari, kompaniyalarning oʻzaro birlashishi bilan bir
qatorda, birlashishga teskari boʻlgan ajralib chiqish yoki boʻlinish
amaliyotlari ham amalga oshiriladi. Kompaniyalarning boʻlinishi va
ajralib chiqishidan ham asosiy maqsad foydani maksimallashtirishga
qaratilishini ta’kidlash lozim. Quyida kompaniyalarning oʻzaro
birlashishi, qoʻshib olish jarayonlari va ularning oʻziga xos jihatlari
xususida atroflicha toʻxtalib oʻtamiz.
Korporativ moliyaviy taraqqiyotning bugungi bosqichida har
qanday korporativ tuzilma oʻz rivojlanish strategiyasini belgilashda
oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida rivojlanish yoki boshqa mustaqil
iqtisodiy subektlar bilan birlashish orqali rivojlanishga e’tibor
qaratadi. Bunda korporativ moliyani boshqarishning subektlari
hisoblangan moliyaviy menejerlar tomonidan moliyaviy rivojlanish
strategiyalaridan qaysi biri kompaniya uchun foydali ekanligini aniq
hisob-kitoblar asosida belgilab beriladi.
Birlashish va qoʻshib olish bitimlari orqali yangi biznesni tashkil
etishdan asosiy maqsad sifatida biznesga qoʻshimcha elementlarni
birlashtirish va integratsiyalash hisobiga kompaniyaning strategik
- 318 -
ustunligini ta’minlashni keltirish mumkin. Murakkab moliyaviyiqtisodiy
holatlarda birlashish va qoʻshib olishlar kompaniyalar uchun
yanada koʻproq dolzarblik kasb etadi. Moliyaviy jihatdan yuqori
salohiyatga ega kompaniyalar bozorda yanada raqobatbardosh boʻlgan
kompaniyani tashkil etish maqsadida nisbatan kuchsiz boʻlgan
kompaniyalarni oʻziga qoʻshib olishga harakat qiladi. Shuningdek,
moliyaviy jihatdan oʻzaro teng kuchga ega kompaniyalar bozorda oʻz
ulushini koʻpaytirish yoki oʻz samaradorligini oshirish maqsadida
oʻzaro birlashadilar. Keltirib oʻtilayotgan ustunlik jihatlar tufayli
qoʻshib olinuvchi kompaniyalar koʻp hollarda oʻzlarini boshqa
kompaniyalar xarid qilish usuli orqali qoʻshib olishga rozi boʻladi.
Chunki, ular keskin raqobat muhitida oʻzlarining mustaqil ravishda
jon saqlab qola olishlariga koʻzlari etmaydi. Odatda, koʻpchilik
kompaniyalar oʻrtasidagi birlashish va qoʻshib olishlarni oʻzaro
sinonim atamalar va butunlay bir xil jarayonlar sifatida qabul qiladi.
Aslida esa ushbu ikki atama oʻrtasida ma’lum farqlar mavjud.
“Qoʻshib olish” atamasi ba’zan birlashishning har qanday shakliga
nisbatan ham qoʻllaniladi. Buning oʻziga xos xususiyatlari mavjud.
Bir kompaniya boshqa bir kompaniya ustidan nazorat oʻrnatsa va
oʻzini ushbu kompaniyaning yangi xoʻjayini, deb e’lon qilsa, bu bitim
qoʻshib olish deb ataladi. Yuridik nuqtai nazardan, qoʻshib olingan
kompaniya oʻz faoliyatini tugatadi, qoʻshib olgan kompaniya esa xarid
qilingan (qoʻshib olingan) kompaniyaning butun boshli biznesini va
aksiyalarini oʻz tasarrufiga oladi. Birlashish jarayonida esa yuqorida
ta’kidlanganidek aksariyat hollarda moliyaviy jihatdan oʻzaro teng
kuchga ega boʻlgan ikki kompaniya oʻz biznesini bitta kompaniyaga
birlashtirgan holda davom ettirishga qaror qiladi. Mazkur holatda ham
bir kompaniyaning boshqasini sotib olishi va oʻzaro kelishgan holda
qoʻshib olingan (xarid qilingan) kompaniya bilan oʻzaro birlashdi, deb
e’lon qilish holatlari uchraydi. Haqiqatda esa bir kompaniya
boshqasini qoʻshib olgan boʻladi. Bu amaliyotning afzallik tomoni
shundaki, qoʻshib olingan kompaniya uchun uning boshqa bir
kompaniya tomonidan qoʻshib olinishi qoʻshilib ketgan kompaniya
nufuziga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shundan kelib chiqqan holda, qoʻshib
olingan kompaniya menejerlari ushbu jarayonni kompaniya nufuziga
putur yetkazmaydigan tarzda amalga oshirishga intiladi.
Agar har ikki kompaniyaning bosh direktorlari oʻz kompaniyalari
uchun kelgusida potensial ustunlik mavjud boʻlishini anglagan holda
ularni birlashtirishga qaror qilishsa, bir kompaniyaning boshqa bir
kompaniyani qoʻshib olish jarayonini oʻzaro birlashish deb ham atash
mumkin boʻladi. Ammo bir tomon oʻzining qoʻshib olinishini
istamasa, bunday bitim doʻstona xarakterga ega boʻlmaydi va bu holat
qoʻshib olish, deya baholanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki,
birlashishlar (Mergers) natijasida mavjud ikki yoki undan ortiq
kompaniyalar asosida yangi kompaniya vujudga keladi. Bunda yangi
kompaniya oʻzining tarkibini tashkil etgan asos kompaniyalarning
barcha aktivlari va majburiyatlarini oʻz nazorati va boshqaruvi ostiga
oladi. Amaliyotda kompaniyalar oʻrtasida qoʻshilish degan tushuncha
ham borki, bunda bir necha kompaniyalar oʻzaro birlashadi va buning
natijasida ulardan faqat bittasi raqobat muhitida tirik qoladi, qolganlari
esa oʻz mustaqil faoliyat yuritish huquqidan mahrum boʻlgan holda
faoliyatini tugatadi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin