Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish tartibi va



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə58/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish tartibi va
oʻziga xos xususiyatlari
Korxonalarda soliqlar boʻyicha pul oqimlarini boshqarishni tashkil etishning eng asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblangan soliqlarni rejalashtirish jarayoni bilan tanishish asnosida, avvalambor “soliqlarni rejalashtirish” tushunchasining mazmun-mohiyati, korxonalar moliyasini boshqarish tizimidagi oʻrni haqida toʻxtaliboʻtish maqsadga muvofiq. Bu borada ham avvalo qator iqtisodchiolimlarning fikr-mulohazalarini keltirib oʻtamiz. Rossiyalik iqtisodchi olimlar A.E.Serdyukov, E.S.Vilkova, A.L.Tarasevichlar “Xoʻjalik subektlarida soliqlarni rejalashtirish xoʻjalik subektlari yagona iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi doirasidagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini boshqarishning ajralmas qismi boʻlib, resurslarning cheklanganligi sharoitida korxonaning kelajakdagi moliyaviy holatini belgilash uchun optimal qonuniy soliq toʻlash usullaridan va metodlaridan hamda soliq toʻlashning mumkin
boʻlgan muqobil variantlaridan foydalanish tizimidagi jarayonlarni oʻzida aks ettiradi”,40 deb ta’kidlasa, yana ayrim iqtisodchilar tomonidan esa “soliqlarni rejalashtirish tashkilotning moliyaviy resurslarini oshirishga, soliq bazasi tarkibi va miqdorini tartibga solishga, boshqaruv qarorlari samaradorligiga ta’sir etishga hamda amaldagi qonunchilik boʻyicha byudjet bilan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida ta’minlashga yoʻnaltirilgan rejali faoliyatlar yigʻindisi
sifatida”, inglizcha-ruscha bank ensiklopedik lugʻatida “moliyaviy rejalashtirishning tarkibiy qismi boʻlgan soliq toʻlovlarini kechiktirishnatijasida investitsiyalarga ega boʻlish, soliqqa tortilmaydigan
qimmatli qogʻozlarni xarid qilish va boshqa turli xil soliqlardan qochish yoʻllaridan foydalanishni rejalashtirish orqali soliq yukini minimallashtirish” sifatida, Jek Fridmanning biznes atamalar lugʻatida “joriy va kelgusi davrlarda soliq majburiyatlarini minimallashtirishga yoʻnaltirilgan turli xil soliqqa tortish muqobil variantlarini tizimli tahlil qilish”43 sifatida, rus iqtisodchi olimi E.N.Evstigneev tomonidan esa “qonuniy taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanish orqali soliqlarni aylanib oʻtishning qonuniy usullari va soliq
majburiyatlarini kamaytirish yoʻllari”44 sifatida yoritiladi.
Shuningdek, N.G.Ivanov soliqlarni rejalashtirishni subektlar
boʻyicha davlat tomonidan soliqlarni rejalashtirish va korporativ
soliqlarni rejalashtirishga ajratgan holda ularning mohiyatini quyidagi
rasmda aks ettirgan
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda hamda ularni
umumlashtirib ta’kidlash mumkinki, soliqlarni rejalashtirish
qonunchilik tomonidan taqdim etilgan yengilliklar va soliq
majburiyatlarini qisqartirishning boshqa qonuniy usullaridan
foydalangan holda soliqlar va mujburiy ajratmalarni kamaytirish
boʻyicha belgilanadigan moliyaviy rejalashtirish turidir. Soliqlarni
rejalashtirishning ahamiyati soliqlar boʻyicha toʻlovlarni maksimal
darajada qisqartirish uchun qonunchilik yoʻl qoʻygan usul va vositalar,
shu jumladan qonunchilikdagi boʻshliqlardan soliq toʻlovchilar
foydalanishi natijasida uning prezumpsiya huquqi tan olinishida aks
etadi.
Bundan tashqari soliqlarni rejalashtirish soliqlarni oʻz vaqtida va
toʻliq toʻlash boʻyicha chora-tadbirlarni oldindan belgilashda ham
namoyon boʻladi.
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirishni tashkil etish orqali
soliqlar va majburiy ajratmalarni qonun doirasida kamaytirish
imkoniyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- soliqqa tortish obekti boʻyicha (masalan, davlat lotereya va
obligatsiyalaridan daromadlar, omonatlar boʻyicha foizlar);
- soliqqa tortish subekti boʻyicha (masalan, mikrofirma va kichik
korxonalar uchun investitsion soliq kreditining amal qilishi);
- soliqlarni hisoblash va toʻlash usuli boʻyicha (masalan, kadastrli
usulda soliq toʻlash inflyatsiya sharoitida korxona uchun foydali
hisoblanadi);
- soliqqa tortish tizimlari koʻrinishlari boʻyicha (masalan,
aksiyalar, obligatsiyalar va bank depozitlaridan daromadlarni soliqqa
tortishda turli xil stavkalarning qoʻllanilishi);
- faoliyatni soliq yuki past davlatlarda tashkil etish orqali
soliqlarni butunlay kamaytirish (offshor zonalar orqali soliqlarni
kamaytirish).
Soliqlarni rejalashtirish qator elementlarga ega va ularni yaxshi
bilish soliqlarni kamaytirishning barcha usullarini muvaffaqiyatli
qoʻllash imkoniyatini yuzaga chiqaradi. Buning uchun esa soliq
qonunchiligini mukammal darajada bilish talab etiladi. Shundan kelib
chiqqan holda soliqlarni rejalashtirish elementlari sifatida
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1. Buxgalteriya hisobi va soliq hisobining muvofiqligi. Bunda
buxgalteriya hisobi va soliq hisobi meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida
bir-biriga qat’iy ravishda oʻzaro muvofiq kelishi kerak. Buxgalteriya
hisobi ma’lumotlari soliqqa tortish jarayonida asos boʻlib xizmat
qiladi. Lekin buxgalteriya hisobi va hisoboti korxonaning haqiqiy
moliyaviy holatini aks ettira olmaydi. Buxgalteriya va soliq
hisoblarining oʻzaro muvofiq kelmasligi investitsion qarorlar qabul
qilishda, soliqlarni rejalashtirishda keskinlikni yuzaga keltirishi
mumkin. Korxona hisob siyosati orqali buxgalteriya hisobi va soliq
hisobining oʻzaro mos kelishini ta’minlash lozim.
2. Soliq imtiyozlari va ularning shartnomalar tuzish jarayoniga
ta’sirini baholash. Buni yagona soliq toʻlovi toʻlovchi mikrofirma va
kichik korxonalar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod boʻlish
holatidan kelib chiqqan holda izohlash mumkin. Ya’ni, qoʻshilgan
qiymat soligʻi toʻlovchi hisoblanganda erishiladigan natija va
qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod boʻlgan holatda erishiladigan natija
oʻzaro solishtiriladi.
3. Ichki soliq nazoratini tashkil etish. Soliq hisob-kitoblaridagi va
moliyaviy hisobotlardagi xato va kamchiliklarning soliq tekshiruvlari
oʻtkazilgunga qadar ichki soliq nazorati orqali aniqlanishi korxonaga
nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan moliyaviy jarimalarning oldini
oladi.
4. Soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha toʻlov
kalendarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
5. Imtiyozli soliq rejimlari (offshor zonalar) qoʻllaniladigan soha
va hududlarni oʻrganish.
6. Korxonalarda soliqlarni boshqarish boʻyicha tahliliy hisobot
tayyorlash.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin