Dividend tо‘lash bosqichlari
Reja:
Dividend tо‘lash bosqichlari. Dividend tо‘lash shakllari. Pul shaklidagi dividendlar. Avtomatik reinvestitsiyalash. Aksiyalar orqali tо‘lash.
Aksiyalarni maydalash. Xususiy aksiyalarni sotib olish. Dividendlarni soliqqa tortish.
1-savol bayoni. Mamlakatimizda amalda bо‘lgan milliy qonunchilikka asosan, jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, tо‘qqiz oyi natijalariga kо‘ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga kо‘ra, joylashtirilgan aksiyalar bо‘yicha dividendlar tо‘lash tо‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Jamiyatning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va tо‘qqiz oyi natijalariga kо‘ra dividendlar tо‘lash tо‘g‘risidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.
Aksiyalarning har bir turi bо‘yicha dividendlar tо‘lash, dividendning miqdori, uni tо‘lash shakli va tartibi tо‘g‘risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bо‘lgan taqdirda, moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan kо‘p bо‘lishi mumkin emas. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning muayyan turlari bо‘yicha dividendlar tо‘lamaslik tо‘g‘risida, shuningdek jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qо‘yilgan imtiyozli aksiyalar bо‘yicha tо‘liq bо‘lmagan miqdorda dividendlar tо‘lash haqida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlar tо‘lash tо‘g‘risidagi qarorda dividendlar tо‘lash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar kо‘rsatilgan bо‘lishi lozim.
Dividendlarni tо‘lash belgilangan qator sanalar bо‘yicha bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
1. Dividendlarni e’lon qilish vaqti (Declaration date) – direktorlar kengashi tomonidan dividend summasi va tо‘lash muddatlari haqida e’lon qilinadi.
2. Eks-dividend yoki reyestr yopilish sanasi (Ex-dividend date). Bu muddat dividend olish maqsadi bо‘lgan shaxslar uchun oxirgi sana bо‘lib, bu sanada odatda, aksiyalar kursi e’lon qilingan dividend miqdoriga kamayadi.
3. Aksiyadorlarning registratsiyadan о‘tish sanasi (Record date).
4. Dividendlarni tо‘lash sanasi (Payment date). Registratsiyadan о‘tgan aksiyadorlarga dividend cheklari yuboriladi.
Dividendlarni tо‘lash turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ularning har birining о‘ziga xos afzalliklarga va kamchiliklarga ega. Umuman jahon amaliyotida eng kо‘p qо‘llaniladigan dividend tо‘lash shakllari quyidagilar:
- pul shaklidagi dividendlar (cash dividens);
- avtomatik reinvestitsiyalash (dividend reinvestment plans);
- aksiyalar orqali tо‘lash (stock dividends);
- aksiyalarni maydalash (stock split);
- xususiy aksiyalarni sotib olish (stokk repurchase) va boshqalar.
Amaliyotda dividendlarni tо‘lashning asosiy va eng kо‘p qо‘llaniladigan shakli pul shaklida dividend tо‘lash hisoblanadi. Qonunchilikka asosan dividendlar tovar kо‘rinishida, ya’ni natural shaklda ham tо‘lanishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda dividendlarni tо‘lash aniq sanalar bо‘yicha quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi (1-rasm):
Dostları ilə paylaş: |