-rasm. Yevropa opsionida pozitsiyalar bо‘yicha opsion egasi tо‘lovlar: a) uzun opsion koll; b) qisqa opsion koll; k) uzun opsion put; d) qisqa opsion put
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org
5-rasm. Yevropa opsionida pozitsiyalar bо‘yicha opsion egasi tо‘lovlar: a) uzun opsion koll; b) qisqa opsion koll; k) uzun opsion put; d) qisqa opsion put 6-savol bayoni. Opsion shartnomalarida bazaviy aktivlar sifatida aksiyalar, valyutalar, fond indekslari, fyucherslar olinadi.
Aksiyalar bо‘yicha opsionlar yoki fond opsionlari (stokk options) Chikago opsion birjas00ida, Filadelfiya fond birjasida (vvv.fhlx.kom), Amerika fond birjasida (vvv.amex.kom), Tinch okeani fond birjasi (vvv.pasifex.kom) va Xalqaro qimmatli qog‘ozlar birjasida (vvv.iseoptions.kom) kotirovkalanadi. Opsionlar 1000 dan ortiq turli xil aksiyalar bо‘yicha tuziladi. Bitta kontrakt uning egasiga 100 ta aksiyani belgilangan ijro etilish bahosi bо‘yicha sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Bunday shartnoma miqdori aksiyalarning о‘zi uchun ham qulay, qoidaga kо‘ra 100 dona aksiya bо‘yicha lotlar sotiladi.
Xorijiy valyutalar bо‘yicha opsionlarning katta qismi Filadelfiya fond birjasida kotirovkalanadi. U yerda turli xil xorijiy valyutalarni oldi-sotdisi bо‘yicha Yevropa va amerika opsionlari kotirovkalanadi. Bitta shartnoma miqdori valyuta turiga bog‘liq. Masalan, Britaniya funt sterlingi bо‘yicha bitta opsion shartnomasi uning egasiga 31250 funt sterling sotib olish yoki sotish huquqini beradi. Yapon ieni bо‘yicha bitta opsion shartnomasi esa 6,25 million ien sotib olish yoki sotish huquqini taqdim etadi.
Butun dunyo bо‘yicha turli xil fond indekslariga opsionlar yoki indeksli opsionlar (index option) kotirovkalanadi. Ulardan keng tarqalganlari sifatida S&P 500 (SPX), S&P 100 (OEX), Nasdaq 100 (NDX) va Dou-Jons (DJX) indekslariga opsion shartnomalarini keltirish mumkin. Fond indekslari bо‘yicha opsionlar ham Yevropa va amerika opsionlariga bо‘linadi. Masalan, S&P 500 (SPX) bо‘yicha opsion Yevropa opsioni, S&P 100 (OEX) bо‘yicha opsion esa amerika opsioni hisoblanadi. Bitta shartnoma uning egasiga indeksning 100 baravari miqdoridagi aktivni oldindan kelishilgan ijro etilish bahosi bо‘yicha sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Hisob-kitoblar har doim naqd pulda amalga oshiriladi. Masalan, S&P 100 indeksi bо‘yicha opsion koll ijro etilish bahosi 980 dollarga teng. Qachonki indeks bahosi 982 dollarga kо‘tarilganda opsion bajariladigan bо‘lsa opsion sotuvchi uning egasiga (992 – 980) x 100 = 1200 dollar tо‘laydi. Naqd hisob-kitoblar kun oxirida qayd etilgan indekslar qiymatiga asoslanadi. YA’ni kо‘p holatlarda opsion egalari о‘z sotish yoki sotib olish huquqidan foydalanishga ishonch hosil qilgandagina sotish yoki sotib olishini e’lon qiladi va odatda investorlar kun oxirigacha kutib turadi.
Fyuchers opsionlari yoki fyuchers bо‘yicha opsionlar (futures option)da bazaviy aktiv sifatida fyuchers shartnomalari qо‘llanadi. Bunday opsion aniq belgilab qо‘yilgan bazis aktiv bо‘yicha fyuchers shartnomasini sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Hozirgi vaqtda asosida oddiy fyuchers shartnomalari bо‘lgan aksariyat aktivlar bо‘yicha fyuchers opsionlari kо‘pchilik uchun qulay. Qoidaga kо‘ra, fyuchers shartnomalari va fyuchers opsionlar bitta birjada kotirovkalanadi.