Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti moliya kafedrasi


Dividend siyosatiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə54/74
tarix14.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#177506
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti m-fayllar.org

Dividend siyosatiga ta’sir etuvchi omillar




Omillar guruhi


Guruh tarkibi

Korxonaning investitsion imkoniyatlarini tavsiflovchi omillar


- korxonaning hayotiy sikli bosqichlari;


- kompaniyaning о‘z investitsion dasturlarini kengaytirish zaruriyati;
- yuqori darajada samaradorlikka ega alohida investitsion dasturlarga tayyorgarlik bosqichi.

Muqobil manbalardan moliyaviy resurslarni shakllantirish (jalb qilish) imkoniyatlarini tavsiflovchi omillar


- oldingi davrlarda shakllantirilgan xususiy kapital zaxirasining yetarliligi;


- qо‘shimcha aksiyadorlik kapitalini jalb qilish uchun talab qilinadigan xarajatlar;
- qо‘shimcha qarz kapitalini jalb qilish uchun talab qilinadigan xarajatlar;
- moliya bozoridan kredit jalb qilish imkoniyati;
- korxonaning joriy moliyaviy holati bilan belgilanadigan kreditga layoqatlilik darajasi;

Obyektiv cheklovlar bilan bog‘liq omillar


- soliqqa tortish darajasi;


- korxona mol-mulkini soliqqa tortish darajasi;
- foydalanilgan xususiy va qarz kapitali о‘rtasidagi nisbatga bog‘liq holda erishilgan moliyaviy leverij samarasi;
- haqiqatda olingan foyda miqdori va xususiy kapital rentabelligi koeffitsiyenti.

Boshqa omillar


- korxona ishtirok etadigan tovar bozori holati sikli;


- raqobatchi kompaniyalar dividend tо‘lovlari darajasi;
- olingan kreditlar bо‘yicha kechiktirib bо‘lmas tо‘lovlar;
- kompaniya boshqaruvi ustidan nazoratni yо‘qotish mumkinligi.

Yuqorida sanab о‘tilgan omillar va kompaniya moliyaviy strategiyasi tahlilining natijalari asosida dividend siyosati xili tanlanadi. Biroq, bu yerda shuni nazarda tutish lozimki, dividendlarning eng kam miqdori har doim uning yо‘qligidan kо‘ra afzal. Fond bozori hali yaxshi rivojlanmagan О‘zbekistondagi hozirgi sharoitda aksiyadorlarning kо‘pchiligi kelgusida aksiyalar kurs qiymatining oshishi kо‘rinishida potensial daromadga real tо‘lovlarni olishni afzal kо‘rishadi.

Dividend siyosatining xilini tanlash kompaniya erishishni kо‘zlagan maqsadga bog‘liq. Ayrim hollarda dividend tо‘lovlarining barqaror miqdorini ushlab turish foydadan xoli bо‘lmaydi. Bunday yondashuvning afzalligi shundan iboratki, aksiyador ma’lum bir vaqt mobaynida qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha qat’iy belgilangan daromadni olishini oldindan biladi. Mamlakatimiz tijorat banklari va investitsiya fondlari qator yillar mobaynida ana shunday siyosatni amalga oshirishdi.
Navbatdagi bosqich kompaniya foydasini tanlangan dividend siyosatining xiliga muvofiq taqsimlashdan iborat. Dastlab sof foyda summasidan uning hisobidan shakllanadigan zaxira va boshqa majburiy fondlarga majburiy ajratmalar chiqarib tashlanadi. Sо‘ngra sof foydaning qolgan qismi ikkita qismga bо‘linadi: kapitallashtiriladigan va iste’mol qilinadigan. Agar kompaniya dividend siyosatining qoldiq xilini tanlagan bо‘lsa, u holda ishlab chiqarishni rivojlantirish fondini va, aksincha, agar u dividendlarni barqaror tо‘lash yoki dividendlarni barqaror oshirish siyo-satini olib borsa, iste’mol fondini shakllantirish uning ustuvor vazifasi hisoblanadi.
Dividend siyosatini shakllantirish hamda amalga oshirishning yaquniy bosqichi kuzatuv kengashi tomonidan dividendlarni tо‘lash siyosati tanlanishidan iborat. Bunday shakllarnint asosiylari quyidagilar:
1.Dividendlarni naqd pulda tо‘lash. Bu dividend tо‘lovlarining eng sodda va keng tarqalgan shakli.
2.Dividendlarni aksiyalar bilan tо‘lash. Ushbu shakl aksiyadorlarga dividendlar summasidagi yangi chiqarilgan aksiyalarning takdim etilishini nazarda tutadi. Bunday shakl keyingi davrda aksiyadorlik sarmoyasining о‘sishini kо‘zlovchi aksiyadorlarda qiziqish uyg‘otadi. Joriy daromadni afzal kо‘ruvchi aksiyadorlar esa qо‘shimcha aksiyalarni fond bozorida sotish huquqiga ega.
3. Avtomatik tarzda qayta investitsiyalash aksiyadorlarga mustaqil tanlash huquqini beradi - dividendlarni naqd pulda olish yoki ularni qо‘shimcha aksiyalarga sarflash.
Investitsiyalarga ehtiyoj yuqori bо‘lgan hozirgi bosqichda О‘zbekiston kompaniyalari kо‘proq dividendlar tо‘lashning uchinchi usulidan foydalangani ma’qul. Bu yerda yirik aksiyadorlarning ham, mayda aksiyadorlarning ham manfaatlari kamsitilmagan.
3-savol bayoni. Dividendlarni tо‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni tо‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bо‘lmasligi lozim.

Dividendlarni tо‘lash chog‘ida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bо‘yicha, sо‘ngra oddiy aksiyalar bо‘yicha dividendlar tо‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bо‘yicha qat’iy belgilangan dividendlarni tо‘lash uchun etarli miqdorda foyda mavjud bо‘lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar tо‘lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar tо‘lanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bо‘lmagan yoki zarar kо‘rib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar bо‘yicha dividendlar jamiyat tomonidan jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi hisobidan va ushbu fond doirasida tо‘lanishi mumkin.


Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxо‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga kо‘ra jamiyat ixtiyorida qoladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari О‘zbekiston Respublikasi norezident aksiyadorining yozma talabiga kо‘ra unga hisoblangan dividendlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablag‘larni norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvarag‘iga о‘tkazib berishi shart. Jamiyat aksiyadorlarining reyestridan olingan, jamiyat tomonidan tasdiqlangan kо‘chirma hamda jamiyat buxgalteriyasining hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana tо‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ayirboshlash uchun asos bо‘lib xizmat qiladi.
Aksiyadorlarga dividendlarni tо‘lash tо‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini о‘tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar bо‘yicha dividend olish huquqiga ega.
Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan tо‘lanmagan taqdirda tо‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan hisoblangan dividendlarni va penyalarni tо‘lashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqli. Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividendlarni tо‘lash jamiyat tomonidan rad etilgan taqdirda, jamiyatga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tо‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-taomili qо‘llaniladi.
Milliy amaliyotda aksiyadorlik jamiyatlariga dividendlarni tо‘lashga doir quyidagi cheklovlar mavjud:
- jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning ta’sis etilishi chog‘ida tо‘liq tо‘lab bо‘linguniga qadar;
- agar dividendlar tо‘lanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud bо‘lsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni tо‘lash natijasida paydo bо‘lsa;
- agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) va zaxira fondi summasidan kam bо‘lsa, aksiyalar bо‘yicha dividendlar tо‘lash tо‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda dividendlar tо‘lashga haqli emas.
Yuqorida kо‘rsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga tо‘lashi shart.
Aksiyadorlik jamiyatlari dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e’lon qiladi. Jamiyat tо‘lanadigan dividendlar miqdori tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bо‘yicha vakolatli davlat organining va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qaror qabul qilingandan sо‘ng ikki ish kuni ichida e’lon qilinishi shart.
4-savol bayoni. Jahon xо‘jaligi amaliyotida dividendlarning turli xil tiplari ma’lum. Ular quyidagilar:

- davriylik va doimiylik asosida tо‘lanadigan muntazam dividendlar;


- ma’lum bir davrda yuqori foyda olingan holatlarda tо‘lanadigan qо‘shimcha dividendlar;
- qо‘shimcha ravishda bir marta tо‘lanadigan maxsus dividendlar;
- korxonani yoki uning alohida bir qismini tugatish holatlari yuzaga kelganda tо‘lanadigan likvidatsion dividendlar.
Kompaniya о‘zi uchun qulay bо‘lgan davrda aksiyadorlarga yо‘naltirilgan pul oqimini kо‘paytirishning usullaridan biri har chorak yoki yarim yilda tо‘lanadigan muntazam dividendlardan tashqari qо‘shimcha dividendlarni e’lon qilishdan iboratdir. Qо‘shimcha dividendlar tо‘lanishini e’lon qilar ekan, kompaniya sarmoyadorlarni bu hol muntazam tо‘lovlar hajmining oshishini bildirmasligi tо‘g‘risida ogohlantiradi. Bu usul ayniqsa daromadi tebranib turuvchi kompaniyalarga juda qо‘l keladi. Qо‘shimcha dividendlardan foydalanish kompaniyaga muntazam dividendlarning barqarorligini saqlab turish imkonini beradi va bundan tashqari aksiyadorlarga firma ishi yurishayotganligini sezish uchun sharoit yaratadi. Biroq, agar kompaniya doimiy ravishda qо‘shimcha dividendlarni tо‘layversa, ularning ma’nosini yо‘qqa chiqaradi. Bunda qо‘shimcha dividendlar kutilayotgan tо‘lovlarga aylanadi. Agar qо‘shimcha (maxsus) dividendlardan tо‘g‘ri foydalana bilsa, ular firmaning hozirgi va kelgusi ahvoli haqida ijobiy axborotni bozorga uzatishga qodirdir.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin