1-jadval
Debitorlik qarzlari bо‘yicha muddatlar jadvali
Agar jadvalning pastki qismi “og‘irlashib” ketgan bо‘lsa, ya’ni jadvalning quyi qismidagi foizlar о‘sib borsa, tez orada kredit siyosatini qayta kо‘rib chiqishi lozim bо‘ladi. Jadval, shuningdek, tо‘lovlar tahlili bilan tо‘ldiriladi. Shuningdek, firma har oy oxirida jamlaydigan oylik savdolar ulushi tо‘g‘risidagi ma’lumot ham tahlil uchun zarur. О‘tgan davr mobaynidagi ma’lumotlarni о‘rganib, firma shuni anglashi mumkinki, uning savdolarining 10%, qoidaga kо‘ra, savdo oyi mobaynida yuz beradi, 40% savdodan keyingi oyda, 25% savdodan ikki oy о‘tgach, 20% savdodan uch oy о‘tgach, 5% savdodan 4 oy о‘tgach qayd etiladi. Menejment ushbu normal tо‘lovlar strukturasini joriy yildagi tо‘lovlar strukturasi bilan solishtirishi lozim. Tо‘lovlar strukturasini tushunish, shuningdek, firma aylanma kapitali talablarini oldindan bilishga yordam beradi.
3-savol bayoni. Firma kreditorlik hisobidan foydalanib, qarz olishni tanlashiga sabab - tijorat kreditining boshqa moliyalashtirish manbalariga nisbatan arzonroqligi bilan izohlanadi. Tijorat kreditining xarajati kredit shartlariga bevosita bog‘liq. Qancha yuqori chegirma taklif qilinsa, kredit xarajati shunchalik katta bо‘ladi. Yuqorida ta’kidlangan chegirma qisqa muddatli kredit taklif etilganda balandroq bо‘ladi.
Kompaniya ikkita turli xil ta’minotchining qaysi biridan tijorat krediti olishni tanlaganda, tabiiyki, eng arzoniga murojaat qiladi. Yana shuni qо‘shimcha qilish kerakki, firma iloji boricha qarzni uzish muddatining eng oxirgi kunida tо‘lovni amalga oshiradi. Misol uchun, agar chegirma tatbiq etiladigan muddat - 10 kun bо‘lsa va firma chegirmadan foydalansa, tо‘lov 10 kun ichida amalga oshirilishi lozim, 2 kun ichida emas. Agar chegirma qabul qilinmasa va “2/10, Net30” shartlariga muvofiq harakat qilinsa, tо‘lov 30-kuni amalga oshiriladi, 16-kuni emas. Toki ta’minotchilar bilan munosabatlar buzilmas va о‘rtadagi munosabatlarga putur yetmas ekan, firma о‘z pulini iloji boricha saqlab qolishi va ularni о‘ziga ishlashga majbur qilishi lozim. Mazkur bо‘limda biz firmalar о‘z kreditorlik qarzdorliklarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan ikkita uslubni kо‘rib chiqamiz.
Kreditorlik qarzlarining qaytarilish kunlarini aniqlash. Bu ham debitorlik qarzlari bilan muomalaga о‘xshab ketadi. Firma qarzlari yuzasidan tо‘lovlarni eng optimal vaqtda amalga oshirishi uchun о‘zining kreditorlik qarzdorligi holatini monitoring qilib borishi kerak.
Bunda tо‘lov muddati kechikayotgan kreditorlik qarzlari kunlarini hisoblab chiqarish va ularni kredit muddatlariga solishtirish kerak.
Tо‘lanmagan kreditorlik qarzlari muddati – bu balansdagi kreditorlik qarzi yuzaga kelgan muddat va tо‘lov muddati orasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi. Agar kreditorlik qarzi yuzaga kelganiga 40 kun bо‘lgan bо‘lsa va kredit sharti “2/10, Net 30” bо‘lsa, firma umuman olganda bu tо‘lovni kechiktirish mumkin deb hisoblaydi va ta’minotchi bilan yuz berishi mumkin bо‘lgan muammolarga risk qiladi va aksincha, kreditorlik qarzi yuzaga kelgan muddat 25 kunni tashkil etsa, firma chegirmani olmagan hisoblanadi va qolgan 5 kunning oxirgi sanasida tо‘lovni amalga oshiradi.
Muddati о‘tgan kreditorlik qarzini boshqarish ham qarzdor oldidagi murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Ayrim firmalar tо‘lovlarni amalga oshirish vaqtini inobatga olmaydilar va ularni kechiktirib tо‘laydilar. Bu amaliyotda muddati о‘tgan kreditorlik qarzi deyiladi. Masalan, 2/10, Net 30 kо‘rsatkichlari berilgan taqdirda, firma 45 kun о‘tmaguncha tо‘lovni amalga oshirmaslikni tanlashi mumkin. Ushbu amallar natijasida tijorat kreditining xarajatlari kamayadi. Chunki firma tomonidan mablag‘larni ishlatish muddati uzayadi. Kredit stavkasi ushbu davr mobaynida bir xil bо‘lishi bilan bir qatorda $2/$98=2.04 foiz, firma hozirda $98 AQSH dollarini 35 kun mobaynida imtiyozli davrdan tashqari muddatda ishlatadi, vaholanki tijorat krediti shartlariga muvofiq ushbu muddat 20 kun etib belgilab qо‘yilgan.
Tijorat krediti bо‘yicha muddati о‘tgan muddati о‘tgan kreditorlik qarzi qiymatini aniqlash bо‘yicha misol kо‘rib chiqamiz.
Agarda firma kreditorlik qarzdorligini 60 kungacha chо‘zsa, 1/15, Net 40 shartlarda berilgan Kreditning eng maqbul yillik qiymati qanday bо‘ladi?
Kredit foizi berilgan davr uchun $1/$99=1.01 foiz. Agar firma tо‘lovni 60-kungacha kechiktirsa, u mablag‘lardan imtiyozli davrdan tashqari 45 kun davomida foydalanadi. 365/45=8.11 45 kunlik davr bir yil ichida. Shunday qilib, maqbul yillik foizlar quyidagicha (1.0101)8.11 – 1 =8.49%.
Shuningdek firmalar tо‘lovni о‘ttizinchi kuni amalga oshirib, faqat chegirmali narxni tо‘lashlari mumkin. Ayrimlar faqat chegirmali narx tо‘lovini amalga oshirishi mumkin va hatto о‘ttizinchi kundan keyin ham tо‘lashlari mumkin. Ushbu harakatlar bir tomondan tijorat kreditining yillik foizlari kamaytirsa, ikkinchi tomondan firma ushbu harakatlar natijasida qо‘shimcha xarajatlarga ham duch kelishi mumkin. Yetkazib beruvchilar naqd pulda ishlar / xizmatlar yetkazib berilganda tо‘lash yoki naqd pulda oldindan tо‘lash kabi shartlarni joriy qilish orqali tо‘lovlarni doimiy ravishda kechiktirib amalga oshiradigan firmalarga nisbatan chora kо‘rishlari mumkin. Tо‘lovlarni kechiktirgan firma ushbu holatda qо‘shimcha harajatlarga duch keladi hamda tо‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarlicha naqd pulga ega bо‘lish uchun kredit olish masalasida bank bilan muzokara qilishiga tо‘g‘ri kelishi mumkin. Yetkazib beruvchi shu bilan birga huquqbuzar mijoz bilan biznes munosabatlarga chek qо‘yishi, mijoz esa boshqa manba izlashi, u esa nisbatan qimmatli yoki sifati past bо‘lishi mumkin. Firma kredit reytingining pastligi boshqa istalgan yetkazib beruvchi bilan yaxshi shartlarda mahsulotlarni sotib olishga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bundan tashqari, firma sotuvning shartlariga uzil-kesil rozi bо‘lganidan sо‘ng, kelishilgan shartnoma shartlarini buzish kо‘pchilik odamlar ongida biznes etikasiga tо‘g‘ri kelmaydigan munosabatlarni shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: |