Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


TAJRIBALAR 1 – tajriba. Elektrolitlarning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə17/28
tarix11.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#111348
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
kimyo labaratoriya

TAJRIBALAR
1 – tajriba. Elektrolitlarning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash
Kerakli moddalar: distillangan suv, qand eritmasi, xlorid va sulfat xloridlar, o’yuvchi natriy va osh tuzi eritmalari.
Kerakli jihozlar: Stakan, elektrodlar va lampochkadan tuzilgan maxsus asbob
Ishning bajarilishi: Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi shisha stakan, elektrodlar va lampochkadan tuzilgan maxsus asbobda tekshiriladi (3 – rasm). Stakanga eritmadan har doim bir miqdorda qo’yish kerak. Eritmaning yaxshi yoki yomon elektr o’tkazuvchanligini lampochkaning yonish yoro’g’ligi ko’rsatadi. Har bir tajribadan so’ng stakanni va elektrodlarni distillangan suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Quyidagi eritmalar bilan birin – ketin tajribalar o’tkazing: distillangan suv, qand eritmasi xlorid va sulfat xloridlar, o’yuvchi natriy va osh tuzi eritmalari. Tajriba natijalarini laboratoriya jurnaliga yozib qo’ying
2 – tajriba. Elektr o’tkazuvchanlikka eritmaning kontsentrasiyasini ta‘siri
Kerakli moddalar: kontsentrlangan sirka kislota eritmasi, distillangan suv.
Kerakli jihozlar: Stakan, elektrodlar va lampochkadan tuzilgan maxsus asbob.
Ishning bajarilishi: a) Stakanga kontsentrlangan sirka kislota eritmasidan quyib, uning elektr o’tkazuvchanligini tekshiring. So’ngra eritma ustiga distillangan suvdan sekin – asta quyib, lampochkaning yonishini kuzating. Lampochkaning har xil yorug’likda yonish sababini tushuntiring.
b) Xuddi yuqoridagi tajribani kontsentrlangan ammoniy gidroksid NH4OH eritmasi bilan takrorlang. Kuchisz elektrolit eritmalarning kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan dissotsilanish darajasi qanday o’zgaradi?
3 – tajriba. Kislotalar eritmalarining elektr o’tkazuvchanligini solishtirish
Kerakli moddalar: marmar, HCl ning 0,1 li eritmasidan, sirka kislotasining 0,1 n li eritmasidan
Kerakli jihozlar: probirka
Ishning bajarilishi: Ikkita probirkaga taxminan baravar miqdorda marmar solib, ularning biriga HCl ning 0,1 li eritmasidan, boshqasiga esa sirka kislotasining 0,1 n li eritmasidan 5 ml dan quying. Probirkalarni chayqatib, qaysi probirkada marmar tez erishini kuzating. Qaysi kislota kuchli? Reaksiya tenglamasini yozing.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin