Motivlashtirish modellari va strategiyasi. Motivlashtirish nazariyasiga asoslanib uning turli modellari ishlab chiqilgan va amaliyotda qo`llanib kelinmoqda. Ularning asosiylari quyidagilardir:
Oqilona (ratsional) model quyidagi chizmaga ega (10-chizma):
5.2-chizma. Motivlashtirishning oqilona modeli. Bu yerda motivlashtirish uchun moliyaviy dastak mukofot va jazo qo`llaniladi. Bu “shirin kulcha” va “qamchi” taktikasidir. Ba`zi hollarda bunday yondoshish to`g`ri bo`lar, ammo uning samarasi juda qisqa bo`ladi. Boshqa hollarda esa u kishilar o`rtasidagi munosabatga putur uzoq muddatga zarar etkazishi mumkin.
Insoniy munosabatlarni motivlashtirish modeli 11-chizmada berilgan. Bu modelning mualifi amerikalik ruhshunost Emerson Meyo bo`lib, uning negizida quyidagi g`oya yotadi.
Ichki omillar: shuhrat topish , ijroni yaxshilash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ishdan qoniqishga olib keladi. Ishdan qoniqish esa mehnat unumdorligini oshiradi. Bunday yondoshuveng muhim tashqi omilni , ya`ni ish haqini inobatga olmaydi. Go`yoki “mamnun” (ehtiyoji qondirilgan) kishi bu unumli (samarali ishlaydigan) kishi emish. Bunday o`ylash, noto`g`ri va soddadillik.
5.3-chizma. Insoniy munosabatlarni motivlashtirish.
5.4-chizma. O`z-o`zini mukammallashtirishni motivlashtirish modeli. Bu model Maslou va Xetsberg yondoshuvlariga asoslangan bo`lib , o`zoq muddatli Motivatsiyani ta`minlovchi lmillar sifatida nafaqat ichiki omillar, shuningdek tashqi omillash ham muhim deb qaraladi.
Motivlashtirish strategiyasini tanlashda uchta yondoshuv mavjud:
1.Rag`batlantirish va jazo strategiyasi, ya`ni kishilar mukofot olish uchun ishlaydilar:
- kim ko`p va yaxshi ishlasa , unga haq to`lanadi;
- kim undan ko`p ishlasa shunchalik ko`p haq to`lanadi;
- kim sifatsiz ishlasa u jazolanadi.