Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə33/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
маъруза матни Менежмент

Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati.
Ruscha – o`zbekcha lug`atda Motivattsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo`lgan motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma`nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog`liqdir. Shu nuqtai nazardan:



Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo`lib, shaxs faolligining manbai sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag`batlantiruvchi kuchli vositadir.

Boshqacha qilib aytganda motivlashtirish – bu kishilar faoliyatini ruhiy yo`llar bilan maqsadga muvofiq yo`naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog`liq. Ehtiyoj esa sabablardan namoyon bo`ladi.
Inson tirik jon sifatida ovqat yeyish , uxlash dam olib o`z kuchini tiklash , o`zini issiq- sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega. Mazkur ehtiyojlar moddiy , ya`ni keyim – kechak , oziq-ovqat , turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bo`larga bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka , mahoratga ega bo`lish va sog`lom hayot kechirib, uzoq umr ko`rish kiradi, aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo`lmagan har xil xizmatlar ko`rsatish orqali qondiriladi.
Umuman:

Ehtiyoj odamlarni harakatga intiltiruvchi, qo`zg`atuvchi motivdir.

Ehtiyoj qat`yyan tabaqalashgan bo`ladi. YA`ni u kishilarning odati, didi va ruhiyatiga yoshi va jinsiga oilaviy ahvoli millatiga , mehnat va yashash sharoitlariga ham bog`liq.


Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni muvofiqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi. Ehtiyoj orqali kishilarni motivlashtirish jarayonini quyidagi chizmada ifodalash mumkin (8-chizma):




Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin