Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Korxonani boshqarishni takomillashtirishning asosiy yо‘nalishlari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə29/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
маъруза матни Менежмент

Korxonani boshqarishni takomillashtirishning asosiy yо‘nalishlari
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirib borish mulkchilik shakli, faoliyat natijasi va yuzaga kelgan tashkiliy tuzilmaning qandayligidan qat’i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish korxonalarga, birinchi о‘rinda, boshqaruv tizimining samaradorligini oshirishga, ikkinchidan, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy kо‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon yaratadi.
Bugungi kunda boshqaruv tizimini mukammallashtirish sohasida quyidagi tendensiyalar yuzaga kelmoqda: boshqaruv faoliyatining maqsadli tavsifini kuchaytirish; boshqaruvning moslashuvchan tuzilmalarini yaratish va boshqaruv apparatining faoliyatini yaxshilash, jumladan, ortiqcha boshqaruv bо‘g‘inlarini qisqartirish hisobiga; ishlab chiqarishni boshqarishda jamoalar rolining о‘sishi va ularning yuqori natijalarga erishishga yо‘naltiriliganligi; mehnat faoliyati ijtimoiy sharoitlarining yaxshilanishi. Bu tendensiyalarga asosan korxonalarning boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirish yо‘nalishlari ham aniqlanib, ularga avvalo sifat kо‘rsatkichlari asos qilib olingan. Bu kо‘rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Optimallik – tuzilma bо‘linmalari о‘rtasida eng kam boshqaruv bо‘g‘inlariga ega bо‘lgan holda о‘zaro aloqalarni ratsional tarzda о‘rnatishdir. Shu sababli kо‘p bо‘g‘inlilikni qisqartirish boshqaruv tizimini takomillashtirish oldiga qо‘yiluvchi asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Tezkorlik (operativlik) – barcha funksional bо‘linmalarning, zarur hollarda ishlab chiqarish bо‘linmalarining, boshqaruv qarorlari о‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun о‘zaro aloqalar aniqlik bilan olib borilishi.
Ishonchlilik – axborotlarni о‘z vaqtida olish va boshqaruv qarorlarini bajaruvchilarga va bajarish joylariga о‘z vaqtida yetkazishni ta’minlaydi. Ishonchlilik va tezkorlik joriy va istiqboldagi boshqaruv tizimining samaradorligida muhim turtki hisoblanadi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin