Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə28/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
маъруза матни Менежмент

Boshqaruv tizimi deganda nimani tushunish lozim? Agar jamiyatning butun iqtisodiy tizimini oladigan bо‘lsak, uning tarkibiga kiruvchi kо‘plab kichik tizimlarni - tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar va hokazolarni kо‘rishimiz mumkin. Ularning har birini ikki jihatidan: mustaqil faoliyat yuritish nuqtai nazaridan yoki butun birlikning tarkibiy qismi sifatida kо‘rib chiqish mumkin. Masalan, korxona (firma) mustaqil boshqaruv tizimi yoki tarmoqning (ishlab chiqarishning) bо‘linmasi, bо‘g‘ini sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunga bog‘liq bо‘lgan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, uning vazifalari va funksiyalari shakllantiriladi
О‘zaro aloqada va ma’lum jihatdan bir-biriga bо‘ysinuvchi bо‘lgan boshqaruv obyektlari va subyektlari faoliyatning alohida kо‘rinishi sifatida boshqaruvning muhim elementlari hisoblanadi. Bu aloqani quyidagi tarzda chizma yordamida kо‘rsatish mumkin:




4.1.-chizma. Boshqaruv obyekti va subyektining о‘zaro aloqasi.
Korxonada boshqaruvning ta’siri boshqaruv obyektiga yо‘naltirilgan bо‘lib, ishlab chiqarish va xо‘jalik yuritish jarayonlari, ishab chiqarish uskunalarini ekspluatatsiya qilish, turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi va hokazolar boshqaruv obyekti bо‘lishi mumkin. Boshqaruv subyekti esa qoidaga kо‘ra, korxona rahbari yoki boshqaruv obyektlarini maqsadli ravishda boshqarishni amalga oshiruvchi xizmat rahbarlaridir. Agar yuqorida keltirilgan misolga qaytadigan bо‘lsak, orkestr, bu – boshqaruv obyekti, dirijer esa, boshqaruv subyektidir.
Boshqaruv obyektlari va subyektlari doimo о‘zaro aloqada bо‘lib, bunda asosiy о‘rin boshqaruv obyektiga, ya’ni boshqaruvchi tizimga ajratiladi. Boshqaruv obyektining mazmuni, unda yuz berayotgan о‘zgarishlar boshqaruv subyekti vazifalari va harakatlarini belgilab beradi. Bu esa boshqaruv shakllari va usullarini mukammallashtirishda aks etadi. Albatta, bu boshqaruv subyektlarining passivligini anglatmaydi, aksincha, boshqaruv tizimining bо‘limlari shu boshqaruv tizimining eng faol qismini tashkil etadi va tavsiflaydi. Aynan boshqaruv subyekti ishlab chiqarish resurslari va asbob-uskunalardan foydalanish siyosatini belgilaydi, ishlab chiqarish vositalarining ishchi kuchi bilan birlashuviga kо‘maklashadi. YA’ni korxonaning nima, qachon, qayerda, kimga ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan siyosati, birinchi о‘rinda boshqaruv subyekti tomonidan hal qilinadi. Shu sababli, boshqaruv obyektlari va subyektlari orasidagi aloqa, jumladan, ularning ichki tashkil qilinishi qanchalik mustahkam bо‘lsa, bir xil sharoitlarda ishlab chiqarish hamda boshqaruv tizimining samaradorligi shunchalik yuqori bо‘ladi.
Boshqaruv faoliyati - boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita va bilvosita komandalar (buyruq, tavsiya va kо‘rsatmalar) shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Boshqaruv amallari ishlab chiqarish jarayonining yakunlanishi uchun moddiy shart-sharoit vazifasini bajaradi. Aytish mumkinki, boshqaruv amallari boshqaruv faoliyati va natijalari о‘rtasidagi bog‘lovchi bо‘g‘in bо‘lib xizmat qiladi.
Faoliyatning ushbu turi ahamiyati, aynan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida korxonaning joriy va istiqboldagi siyosati shakllanishida namoyon bо‘ladi. Shu jihatdan kadrlarni tо‘g‘ri tanlash va joylashtirish, ularning malakasi, о‘zlariga yuklatilgan vazifalarni tо‘g‘ri tushunishlari ham muhim ahamiyatga egadir. Amaliyot shuni kо‘rsatadiki, hozirgi boshqaruvchilar uchun yaxshi muhandis, texnolog, konstruktor bо‘lishning о‘zigina kamlik qilib, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, biznes-strategiya, marketing, xо‘jalik huquqi va shu kabilarni bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Faqat ushbu bilimlar majmuasiga va boy mehnat tajribasiga ega bо‘lgan taqdirdagina boshqaruvchilar bozor iqtisodyoti vazifalarini muvaffaqiyatli ravishda bajarishlari mumkin.
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, boshqaruv faoliyati boshqaruv apparati (organi) tushunchasiga qaraganda keng talqin qilinadi. Boshqaruv faoliyati tarkibiga jamoatchilik tashkilotlaridagi faoliyat, ish joylarida ijodiy tashabbuskorlikning yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarishda band bо‘lgan xodimlarning taklif va maslahatlarini ham kiritish mumkin. Bu esa boshqaruv faoliyatini, bevosita boshqaruv (korxona boshqaruv apparatining faoliyati) va о‘zini-о‘zi boshqarish (boshqaruv faoliyatining jamoatchilik shakli) turlariga ajratilgan holda tasniflash imkonini yaratadi. Faoliyatning ikkala turi ham amalda birgalikda yuritilib, ularning о‘zaro aloqalari ishlab chiqarishni boshqarishning samaradoriligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarishning, jumladan, boshqaruv foliyatining о‘zining samaradorligini oshirishda, ishlab chiqarishning allohida elementlari va bо‘g‘inlari о‘rtasida yuzaga keluvchi boshqaruv munosabatlari muhim о‘rin egallaydi. Bu yerda boshqaruv organi (subyekti) yoki boshqaruvchi shaxs tomonidan boshqariluv organiga nisbatan ta’sir kо‘rsatishning о‘zigina kamlik qiladi. Boshqarilayotgan obyektdan boshqaruv obyektiga javob tariqasida teskari aloqa ham bо‘lishi zarur. Agar bunda teskari aloqa bо‘lmasa yoki boshqaruv organi tomonidan qabul qilinmasa, boshqarilayotgan obyekt nazorat ostidan chiqishi hamda boshqarilmaydigan obyektga aylanishi mumkin.
Bu vazifa amalda boshqaruvning har bir elementi yoki bо‘g‘ini tomonidan ma’lum bir vazifani bajarishni kо‘zda tutuvchi bir-biriga bо‘ysinuvchanlik tizimi yordamida bajariladi. YA’ni gap korxona direktori, bosh muhandisi va boshqalardan, to sex boshliqlari va boshqa ishlab chiqarish bо‘linmalarining boshliqlarigacha - korxonaning boshqaruvchilari yoki maxsus xizmatlariga yuklatiluvchi funksional vazifalar haqida bormoqda. Munosabatlarning bunday kо‘rinishdagi bir-biriga bо‘ysinuvchanligi boshqaruv tizimining samarali tarzda faoliyat yuritishi uchun muhim shart hisoblanadi.
Shu tariqa, boshqaruv tizimi ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va korxonaning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda muhim omillardan biri bо‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir paytda ishlab chiqarish samaradorligining о‘sish sur’ati, qabul qilingan yoki amalga oshirilayotgan boshqaruv tizimi progressivligining о‘lchovi xizmatini ham о‘taydi. Bundan kelib chiqqan holda, qо‘yilgan maqsadga qisqa muddatda va ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalangan holda yaqinlashish darajasini korxonani boshqarish samaradorligining bevosita mezoni sifatida kо‘rsatish mumkin. Bugungi bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv tizimi birinchi о‘rinda korxonaning barqarorligini ta’minlashi, xо‘jalik tavakkalchiligini kamaytirishi, sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga kо‘maklashishi zarur. Shuningdek, u xodimlarning о‘z mehnatlari natijasiga qiziqish darajasi ortishiga, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lmagan xarajatlar va yо‘qotishlarga yо‘l qо‘ymaslikka hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim.
Korxona yopiq tizim bо‘lmaganligi sababli, boshqaruv tizimiga korxonada yuzaga keluvchi ichki muhitdan tashqari, tashqi muhit, avvalo, aholining turmush tarzi, jamiyat qurilmasi, davlat siyosati va hokazolar ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Biroq har qanday holda ham boshqaruv tizimi, xо‘jalik hayotining zamonaviy talablari va korxonaning raqobatchilik muhitidagi barqarorligiga javob berishi lozim.
amerikalik muhandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915)ning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan.U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish” ning tizimi deb atalgan.
F.Teylor ta’limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar unumdorligini oshirishda g‘oyatda va maqbul usullarni izlashdir.
Uning prinsiplariga binoan:

  • mehnatning har bir jarayoni, uning kо‘lami va ketma-ketligi aniq puxta ixtisoslashtirilishi shart;

  • har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;

  • har bir mehnar jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bо‘ysundirilgan bо‘lishi kerak;

  • yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim;

  • ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qо‘yilishi shart;

  • boshqaruvchi bilan boshqariluvchi ma’suliyatini aniq belgilish va vazifalarini tо‘g‘ri taqsimlash shart.

F.Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (100%) ga о‘sishiga olib kelgan. Ayniqsa , qо‘llagan haronometraj usuli diqqatga sazovordir. F Teylor nazariyasiga kо‘ra rahbar va mutaxassilarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bо‘lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus kо‘rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi. F. Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek , nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda arzon usulda bajarish san’ati” deb baholagan.
Shunday qilib F. Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi” ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar kо‘rinishida rivojlanib bordi.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin