Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Tashkilot tushunchasi va ularning tavsifi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə41/90
tarix26.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#135188
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90
маъруза матни Менежмент

Tashkilot tushunchasi va ularning tavsifi
Menejer o‘z faoliyatini yuritish uchun tashkilot yaratilishi kerak.
Vaqt o‘tishi bilan tashkilot tushunchasi ham bir necha marta o‘zgardi. Dastlabki paytda tashkilot har qanday tizimning tuzilmasi deb hisoblanar edi. “Menejment” alohida mustaqil fanga ajralib chiqganda, “tashkilot” so‘zi ma’lum rollar tuzilmasi, funksiyalar, huquqlar va majburiyatlar bilan assosiasiya qilindi. Ya’ni “tashkilot” tushunchasi korxona, firma, idora va boshqa mehnat ijro etiladigan qismlarini tushunish kerak.
Ko‘pgina tushunchalar mavjud ulardan ayrimlarini ajratib o‘tishimiz mumkin:
1. Tashkilot jarayondir, uning vositachiligida boshqaruv tizimi yaratiladi va saqlanadi.
2. Tashkilot o‘zaro munosabatlar, huquqlar, majburiyatlar, maqsadlar, ijrolar tizimidir, mehnat jarayonida ularning o‘z o‘rni bor.
3. Umumiy maqsadlarga ega guruhdir.
Mehnat qismlari tashkilot hisoblanishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Ikki kishidan ortiq ishchilar bo‘lgan guruh bo‘lishi shart.
2. Guruhning kamida bitta foydali maqsadi bo‘lishi kerak.
3. Maqsadga erishish uchun birgalikda va qattiyat bilan ishlaydigan guruh a’zolari bo‘lishi kerak.
Tashkilot elementlari




Shuningdek, tashkilot – odamlar guruhi, ularning faoliyat ma’lum umumiy maqsadga erishilishiga qaratilgan bo‘lishi kerak.


Tashkilotning yashash davri
Tashkilotning hayotiy sikl kombinatsiyasiga bonoan, tashkilot faoliyati bir necha bosqichlardan o‘tadi ya’ni, vujudga kelishidan, yuksalishidan boshlab to o‘z faoliyatini to‘xtatganga yoki tubdan modernizatsiya qilingunga.
1 faza – tashkilotning vujudga kelishi. Bu faza maqsad tanlash, boshqaruv usuli bilan xarakterlanadilar; asosiy vazifasi – bozorga chiqish, mehnat tashkili – daromadni maksimal qiymatga oshirish bilan bog‘liq.
2 faza – yoshlik va balog‘at. O‘ziga xos xususiyatlar: bosh maqsad – vaqtinchalik daromad va tez o‘sish; qat’iy rahbarlik tufayli sog‘ qolish; asosiy vazifa – bozor qismini mustahkamlash va o‘ziga qaratish; mehnat tashkili – daromadni rejalashtirish, xizmatlarni va maoshni ko‘paytirish.
3 faza – etilganlik. Bosh maqsad – tizimli, balansli o‘sish va individual imidj (obro‘) shakllanishi; vakolatlar bo‘linishi natijasida rahbariyat samaradorligiga erishadi (markazlashmagan boshqaruv) asosiy vazifa – har xil yo‘nalishlar bo‘yicha o‘sish. Bozorni bosib olish, turli qiziqishlarni hisobga olish; mehnat tashkili - bo‘linishi va kooperatsiya; individual natija uchun mukofot.
4 faza – tashkilotning eskirishi. Bu yuksalishni oily pog‘onasi. Bosh maqsad – erishilgan natijalarni saqlab qolish, boshqaruvda harakatlar koordinatsiyasi orqali samaradorlikka erishiladi. Asosiy vazifa – stabillikni ta’minlash,mehnatni erkin rejimini tashkillashtirish, daromadni ko‘paytirish.
5 faza – tashkilotni qayta tiklanishi. Barcha funksiyalarni qayta tiklash maqsad qilib olingan; uning o‘sishiga jamoa orqali erishiladi; asosiy vazifa – yosharish; mehnat tashkilida – NOT ni (MITE) amalga oshirish, kollektiv bilan ishlash.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin